|
Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillari fanidan amaliy topshirig`I 2
|
bet | 8/9 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 32,05 Kb. | | #264140 |
Bog'liq dasturlash tillari Shamiyeva.D amaliy2.2None Pythondagi xech narsani ifodalovchi maxsus ma'lumot turi hisoblanadi. Misol uchun o'zgaruvchi qiymatiga None biriktirilgan bo'lsa, unga xech qanday qiymat biriktirilmaganiligini bildiradi.
Agar siz funksiyada return operatorini ishlatmagan bo'lsangiz, u holda har bir shunday funksiya tugash joyida oshkormas holda (в неявной форме) return None ifodasi mavjud bo'ladi. Buni amalda ko'rish uchun quyidagi dastur kodini ishga tushirib ko'ring.
def someFunction():
pass
print(def someFunction())
pass operatori Pythonda bo'sh buyruqlar blokini ifodalash uchun ishlatiladi.
Xujjatlash satrlari(Строки документации)
Python xujjatlash satrlari, qisqa ifodalaganda docstrings deb nomlanuvchi o'ziga xosligi mavjud. Bu juda muhim instrument bo'lib siz undan albatta foydalanishingiz kerak. Sababi bu sizning dasturingizni yaxshi xujjatlash(документировать) va oson tushunishga yordam beradi. Xujjatlash satrini dastur bajarilish jarayonida funksiyadan olish mumkin.
Misol: (func_doc.py nomi bilan saqlang)
def printMax(x, y):
"""Ikki sondan kattasini chop etadi.
Ikkala qiymat ham butun son bo'lishi kerak."""
x = int(x) # agar iloji bo'lsa, butun songa konvertatsiya qilamiz
y = int(y)
if x > y :
print(x, 'katta')
else:
print(y, 'katta')
printMax(3, 5)
print(printMax.doc)
Natija:
$ python func_doc.py
5 katta
Ikki sondan kattasini chop etadi.
Ikkala qiymat ham butun son bo'lishi kerak.
Bu qanday ishlaydi:
Birinchi mantiqiy qatordagi satr funksiya uchun docstring hisoblanadi. Docstiring modul va klasslar bilan ham qo'llaniladi.
Funksiya docstiringini ko'p qatorli satr ko'rinishida yozish qabul qilingan. Bu satrning birinchi qatori bosh xarf bilan boshlanadi va nuqta bilan tugaydi. Ikkinchi qator bo'sh qoldiriladi va funksiya haqidagi to'liq ma'lumot uchunchi qatordan boshlab yoziladi.
Shunday uslubda docstring yozish tavsiya qilinadi.
|
| |