• Natija: $ python func_local.py x teng 50 Mahalliy x qiymatini 2 ga ozgartiramiz x qiymati qanday bolsa, shunday turibdi 50 Bu qanday ishlaydi
  • "global" zahira sozi (зарезервированное слово)
  • Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillari fanidan amaliy topshirig`I 2




    Download 32,05 Kb.
    bet3/9
    Sana17.06.2024
    Hajmi32,05 Kb.
    #264140
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    dasturlash tillari Shamiyeva.D amaliy2.2

    mahalliy(локальные) parametrlar.
    Funksiyaning ichida e'lon qilingan o'zgaruvchilar huddi shu nomdagi funksiya tashqarisida e'lon qilingan o'zgaruvchilar bilan xech qanday bog'liklikka ega emas, ya'ni bu o'zgaruvchilar mahalliy o'zgaruvchilar hisoblanadi. Bu o'zgaruvchining ko'rinish maydoni(область видимости) deyiladi. Har bir o'zgaruvchining ko'rinish maydoni o'zgaruvchi aniqlangan amallar bloki va shu o'zgaruvchi e'lon qilingan nuqta bilan chegaralangan.
    Misol:(func_local.py nomi bilan saqlang)
    x = 50
    def func(x):
    print("x teng", x)
    x = 2
    print("Mahalliy x qiymatini", x, "ga o'zgartiramiz")
    func(x)
    print("x qiymati qanday bo'lsa, shunday turibdi", x)
    Natija:
    $ python func_local.py
    x teng 50
    Mahalliy x qiymatini 2 ga o'zgartiramiz
    x qiymati qanday bo'lsa, shunday turibdi 50
    Bu qanday ishlaydi:
    Funksiyaning birinchi qatoridax o'zgaruvchisiga biriktirilgan qiymatni birinchi bor chop etishda Python funksiyaning yuqorisida, ya'ni asosiy blokda e'lon qilingan parametrning qiymatidan foydalanadi.
    So'ng x o'zgaruvchiga 2 qiymatni biriktiramiz. o'zgaruvchisi bizning funksiyamiz uchun mahalliy hisoblanadi. Shuning uchun o'zgaruvchining qiymatini funksiya ichida o'zgartirganimizda, funksiya tashqarisida aniqlangan o'zgaruvchi qiymati xech qanday o'zgarishsiz qoladi.
    Dastur oxirida print funksiyasi yordamida asosiy blokda aniqlangan x o'zgaruvchisi qiymatini chop etamiz va funksiya ichida x o'zgaruvchisi qiymatining o'zgartirilishi xech qanday ta'sir qilmaganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
    "global" zahira so'zi (зарезервированное слово)
    Funksiya ichidagi biror o'zgaruvchiga yuqori darajadagi biror qiymatni (funksiya yoki klassning ko'rinish maydoni emas) biriktirish uchun Pythonga uning nomi mahalliy emasglobal ekanligini ko'rsatish darkor. Buni "global" zahira so'zi yordamida amalga oshirish mumkin. "global" zahira so'zini ko'rsatmasdan funksiya tashqarisida aniqlangan biror o'zgaruvchi qiymatini biriktirib bo'lmaydi.
    Funksiya tashqarisida aniqlangan biror o'zgaruvchi qiymatini funksiya ichida ishlatish mumkin (faqat sharti funksiya ichida huddi shu nom bilan biror o'zgaruvchi aniqlanmagan bo'lishi kerak). Lekin bunday holatlardan qochish kerak. Sababi dastur kodini o'qiyotgan odamga o'zgaruvchi qayerda aniqlanganligi tushunarsiz bo'lishi mumkin.
    "global" zahira so'zini ishlatish esa o'zgaruvchi eng yuqori blokda aniqlanganini aniq ko'rsatadi.
    Misol: (func_global.py nomi bilan saqlang)
    x = 50
    def func():
    global x
    print("x teng", x)
    x = 2
    print("Global x qiymatini", x, "ga o'zgartiramiz")
    func()
    print("x ning qiymati", x)

    Download 32,05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 32,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillari fanidan amaliy topshirig`I 2

    Download 32,05 Kb.