|
Natija:
$ python function1.py
Salom, Dunyo!
Salom, Dunyo!
Bu qanday ishlaydi
|
bet | 2/9 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 32,05 Kb. | | #264140 |
Bog'liq dasturlash tillari Shamiyeva.D amaliy2.2Natija:
$ python function1.py
Salom, Dunyo!
Salom, Dunyo!
Bu qanday ishlaydi:
Biz sayHello funksiyasini yuqorida aytib o'tilgan qoida bo'yicha aniqladik. Bu funksiya xech qanday paramert qabul qilmaydi shuning uchun qavs ichida xech qanday parametr yozilmadi. Funksiya parametri – bu qandaydir kiruvchi qiymatlar bo'lib, tegishli natija olish uchun biz uni funksiyaga berishimiz mumkin.
E'tibor bering, bitta funksiyani ko'p marta chaqirishimiz mumkin, demak, aynan bir xil dastur kodini qayta-qayta yozishga hojat yo'q.
Funksiya parametrlari
Funksiyalar parametrlar, ya'ni funksiyaga berilishi mumkin bo'lgan qiymatlar qabul qila oladi va ular ustuda biror amal bajarishi mumkin. Bu parametrlar o'zgaruvchilarga o'xshaydi. Faqat ulardan farqi bu o'zgaruvchilarning qiymati funksiyani chaqirish vaqtida o'rnatiladi. Funksiya ish boshlagan vaqtda bularga qiymat biriktirilgan bo'ladi.
Parametrlar funksiya aniqlanayotgan vaqtda qavs ishida vergul bilan ajratilgasn holda ko'rsatiladi. Ularga qiymatni funksiyani chaqirganimizda biriktiramiz. Ushbu atamalarga e'tibor bering: funksiya e'lon qilinayotgan vaqtda ko'rsatilgan nomlar parametrlar, funksiyani chaqirayotganimizda unga berilgan qiymatlar esa argumentlar deyiladi.
Misol: ( func_param.py nomi bilan saqlang )
def printMax(a, b):
if a > b:
print(a, 'katta')
elif a == b:
print(a, 'teng', b)
else:
print(b, 'katta')
printMax(3, 4) # qiymatlarni to'g'ridan-to'g'ri berish
x = 5
y = 7
printMax(x, y) # o'zgaruvchilarni argument sifatida uzatish.
Natija:
$ python func_param.py
4 katta
7 katta
Bu qanday ishlaydi:
Bu yerda biz a va b parametrlardan foydalanadigan printMax funksiyasini e'lon qildik. Bu funksiyada oddiygina if..else operatoridan foydalangan holda sonlarning kattasini aniqlaymiz va uni ekranga chop etamiz.
printMax funksiyasini birinchi marta chaqirganimizda sonlarni to'g'ridan-to'gri argument sifatida beramiz. Ikkinchi marta chaqirganimizda esa o'zgaruvchilarni argument sifatida beramiz. printMax(x, y) x argument qiymatini a parametrga, y argument qiymatini esa bparametrga biriktiradi. Yuqoridagi ikkala holatda ham funksiya bir xilda ishlaydi.
|
| |