• Suyunov Shahzodning Dasturiy injiniring fanidan MUSTAQIL ISHI Tekshirdi: Urunbayev Jasur REJA
  • 2-Mustaqil ish Axborot tizimlar funksional komponentlari.
  • Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intelektual tizimlar va kompyutyer texnalogiyalari fakulteti




    Download 100.96 Kb.
    Sana23.10.2023
    Hajmi100.96 Kb.
    #90089
    Bog'liq
    Suyunov Shahzod
    Dawletmuratov Mubarek, kiberxavfsizlik.amaliy - 4, Hosilaning iqtisodiy manosi, -2022 АТТКЛ kurs ishi sirtqi Tojiyev Alibek, -2022 АТТКЛ kurs ishi sirtqi Abdimuminov Ulug\'bek, Lesson 25 2 -kurs, 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saxnalashtirish , 1-seminar, “KELISHILDI”, 025518418, 025518418, statistik-ko-rsatkichlar-mohiyati-va-turlari (1), Logotiplar, \'Dissotsiyalanish

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
    INTELEKTUAL TIZIMLAR VA KOMPYUTYER TEXNALOGIYALARI FAKULTETI


    KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI YO‘NALISHI
    301- guruh talabasi
    Suyunov Shahzodning
    Dasturiy injiniring fanidan
    MUSTAQIL
    ISHI


    Tekshirdi: Urunbayev Jasur

    REJA
    1. Axborot tizimi tushunchasi.
    2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.
    3.Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish.
    4. Axborot tizimini yaratish.

    2-Mustaqil ish
    Axborot tizimlar funksional komponentlari.
    Axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan olinadigan axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish kichik tizimining vazifasi uni kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to'g'ri ko'chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo'ladi.
    Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko'pincha kompyuter bilan maxsus tarmoq vositalari orqali bog'langan displey va aloqa kanallaridan foydalaniladi.
    Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish operatsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda saqlanishi ta'minlanadi, shuningdek ishlov berish topshiriqiga muvofiq bo'lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish) va saqlab turish, shuningdek axborotga ishlov berish bo'yicha barcha amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmui boshqaruvida
    amalga oshiriladi. Bu kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish va undan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o'zi ham), shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi (AIST) gabirlashadi. AIST o'z ichiga axborot massivlari, ularni tashkil etish va ishlov berish usullari, metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuini oladi. AIST tashqi muhit bilan kiritishchiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko'rib chiqishda bu vositalarni ham albatta hisobga olish zarur. Axborotga ishlov berish kichik tizimi adabiyotlarda ko'p hollarda ma'lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT) deb ataladi, bunda «ma'lumotlar» tushunchasi «axborot» tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi.
    •«Axborot» tushunchasidan odatda xabarning mazmun-mohiyatini ta'kidlashni istagan holatlarda
    foydalaniladi. Lekin AIST ning asosi bo'lgan kompyuter hozircha ishlov berilayotgan xabarlarning ma'nosini idrok qilishga qodir emas. Kompyuterlarga nisbatan ko'pincha «ma'lumotlar» tushunchasi qo'llaniladi va kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma'lumotlar bilan operatsiyalarni bajaradi, deyiladi. Bunda har qanday belgilar to'plami, uning mazmunidan qat'i nazar, ma'lumotlar hisoblanadi. Ma'lumotlarga muayyan ma'no berib, ularga ishlov berishni axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi.
    Shuning uchun bundan buyon «axborot» tushunchasidan asosan ma'noviy

    mazmuni muhimligini ta'kidlash zaruriyati yuzaga kelgan yoki u o'zbek adabiyotida keng qo'llaniladigan va o'rnashib qolgan so'z birikmalari tarkibiga kirgan hollardagina foydalanamiz.


    Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqarish tizimi) berilgan so'rovga javobni chiqarib berishni ta'minlaydi, bunda uni foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay shaklda taqdim etadi.
    Kichik tizim tarkibiga chiqarib beriladigan xabarning zaruriy shaklini ta'minlab beradigan dasturlar majmui va chiqarib berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi. So'rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar yordamida chiqarib berilishi mumkin.
    Kichik tizimlarning o'zaro aloqasi axborot manbalari va foydalanuvchilar hudud jihatdan markaziy kompyuter yaqinida joylashgan, degan nuqtai nazardan kelib chiqib bayon etildi. Mavjud axborot tizimlaridamasofada joylashgan bo'ladi. Bunday hollarda markaziy kompyuter bilan aloqa tarkibiga ma'lumotlarni uzatish kanali va uzoqda joylashgan terminallar (ular hozir o'zi kompyuter hisoblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi.
    Uzoqlashgan terminal — bu markaziy kompyuterdan uni bevosita ulash imkoniyatini istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Terminal kompyuter bilan ma'lumotlarni uzatish kanali yordamida bohlanadi. Terminaldan olinadigan axborotni kompyuterga bevosita kiritish mumkin. Uzoqda joylashgan terminallar sifatida shaxsiy kompyuterlar, terminallar, teletayplar, maxsus terminallar va abonent punktlaridan foydalaniladi.
    Kichik aloqa tizimi terminallarning markaziy kompyuter bilan o'zaro aloqasini ta'minlaydigan va unga masofadagi terminalni boshqarish imkonini beradigan dasturni ham o'z ichiga oladi.
    Ko'pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko'rsatadi va mustaqil hisoblanadi, ya'ni o'zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta'minotiga ega bo'ladi.
    Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma'lumotlar bazasi tamoyili bo'yicha qurilgan bo'lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi.
    Bevosita qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. Shuning boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma’lumotlar va hisobot shakllarini berishga yo’natirilgan bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning o’zida axborotma’lumot tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimda so’rovlar odatda doimiy va reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam ravishda (har kuni har hafta va h.k) ishlov

    Tizim tergovi


    Tizim tahlili
    Tizim dizayni
    Tizimni amalda yaratish
    Tizim ta’minoti

    berish natijasida ma’lumot shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham xizmat ko’rsatadi.


    • Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash operatsiyalari bilan bog'liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash (kasalliklarga tashhis qo'yish, uskunalarning nosozliklari sabablarini aniqlash) kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida ishlaydigan axborot tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari asbobsozlik va mashinasozlik, radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi, elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal qiladi.
    Hisoblash tizimlarining funktsiyalari axborot tizimlarining boshqa turlariga ham xos bo'lishi mumkin.
    Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan farqli o'laroq ilgari bevosita shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud axborot massivlarini mantiqiy tahlil qilish, umumlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan axborotni bera oladi. Bunday tizimlar muayyan darajada mutaxassistadqiqotchi mehnatining o'rnini bosib, ilmiytadqiqot masalalarini hal qilishi mumkin. Ularni ba'zan intellektual tizimlar deb ataydilar, chunki ularni ishlab chiqishda sun'iy intellekt nazariyasi qoidalaridan foydalaniladi.
    Har qanday ixtiyoriy so’rovlarni amalga oshira oladigan tizimlar foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. So’rovlarni shaklantirish uchun tizim so’rovlar tiliga, ularni tuzish qoidalariga ega bo’lishi kerak. Foydalanuvchining tizim bilan muomilasi insonning mashina bilan muloqoti shaklidagi muomilasidan qulaydir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan tanishib o’z sorovini tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.
    Download 100.96 Kb.




    Download 100.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intelektual tizimlar va kompyutyer texnalogiyalari fakulteti

    Download 100.96 Kb.