Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo




Download 86,91 Kb.
bet6/10
Sana05.06.2024
Hajmi86,91 Kb.
#260484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs 1

Protseduraviy yondoshuv. Shu vaqtgacha dasturlar berilgan ma'lumotlar ustida biror-bir amal bajaruvchi protseduralar ketma-ketligidan iborat edi. Protsedura yoki funksiya ham o’zida aniqlangan ketma-ket bajariluvchi buyruqlar to’plamidan iborat. Bunda berilgan ma’lumotlarga murojaatlar protseduralarga
ajratilgan holda amalga oshiriladi.
Protsedura tillari dasturchiga axborotga ishlov berish dasturini pastroq darajadagi bir nechta protseduraga bo’lib tashlash imkonini beradi. Pastroq darajadagi bunday protseduralar dasturning umumiy tuzilmasini belgilab beradi. Ushbu protseduralarga izchil murojaatlar protseduralardan tashkil topgan dasturlarning bajarilishini boshqaradi.
Dasturlashning bu yangi paradigmasi mashina tilida dasturlash paradigmasiga nisbatan ancha ilg’or bo’lib, unga tuzilmalashtirishning asosiy vositasi bo’lgan protseduralar qo’shilgan edi. Kichik funksiyalarni nafaqat tushunish, balki sozlash
ham osonroq kechadi.
Strukturaviy dasturlashning asosiy g’oyasi «bo’lakla va hukmronlik qil» prinsipiga butunlay mos keladi. Kompyuter dasturini masalalar to’plamidan iborat deb qaraymiz. Oddiy tavsiflash uchun murakkab bo’lgan ixtiyoriy masalani bir
nechta, nisbatan kichikroq bo’lgan, tarkibiy masalalarga ajratamiz va bo’linishni
toki masalalar tushunishi uchun yetarli darajada oddiy bo’lguncha davom ettiramiz.
Misol sifatida kompaniya xizmatchilarining o’rtacha ish haqini hisoblashni olamiz. Bu masala sodda emas. Uni qator qism masalalarga bo’lishimiz mumkin:
1. Har bir xizmatchining oylik maoshi qanchaligini aniqlaymiz.
2. Kompaniya xodimlari sonini aniqlaymiz.
3. Barcha ish haqlarini yig’amiz.
4. Hosil bo’lgan yig’indini kompaniya xodimlari soniga bo’lamiz.
Xodimlarning oylik maoshlari yig’indisini hisoblash jarayonini ham bir necha bosqichlarga ajratish mumkin.
1. Har bir xodim haqidagi yozuvni o’qiymiz.
2. Ish haqi to’g’risidagi ma’lumotni olamiz.
3. Ish haqi qiymatini yig’indiga qo’shamiz.
4. Keyingi xodim haqidagi yozuvni o’qiymiz.
O’z navbatida, har bir xodim haqidagi yozuvni o’qish jarayonini ham nisbatan kichikroq qism operatsiyalarga ajratish mumkin:
1. Xizmatchi faylini ochamiz.
2. Kerakli yozuvga o’tamiz.
3. Ma'lumotlarni diskdan o’qiymiz.
Strukturaviy dasturlash murakkab masalalarni yechishda yetarlicha muvafaqqiyatli uslub bo’lib qoldi. Lekin 1980-yillar oxirlarida strukturaviy dasturlashning ham ayrim kamchiliklari ko’zga tashlandi.
Birinchidan, berilgan ma'lumotlar (masalan, xodimlar haqidagi yozuv) va ular ustidagi amallar (izlash, tahrirlash) bajarilishining bir butun tarzda tashkil etilishidek tabiiy jarayon realizatsiya qilinmagan edi. Aksincha, protseduraviy dasturlash
berilganlar strukturasini bu ma’lumotlar ustida amallar bajaradigan funksiyalarga ajratgan edi.
Ikkinchidan, dasturchilar doimiy tarzda eski muammolarning yangi yechimlarini ixtiro qilar edilar. Bu vaziyat go’yoki velosipedni qayta ixtiro qilishga o’xshab ketar edi. Ko’plab dasturlarda takrorlanuvchi bloklarni ko’p martalab qo’llash imkoniyatiga bo’lgan xohish tabiiydir. Buni radio ishlab chiqaruvchi
tomonidan priyomnikni yig’ishga o’xshatish mumkin. Konstruktor har safar diod va tranzistorni ixtiro qilmaydi. U oddiygina – oldin tayyorlangan radio detallaridan foydalanadi xolos. Dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar uchun esa bunday imkoniyat ko’p yillar mobaynida yo’q edi.
Boshqa tomondan, protsedurali dasturlash koddan takroran foydalanish imkonini cheklab qo’yadi. Shu narsa aniq bo’ldiki, protsedurali dasturlash usullari bilan dasturlarni ishlab chiqishda diqqatni ma’lumotlarga qaratishning o’zi muammolarni keltirib chiqarar ekan. Chunki ma'lumotlar va protsedura ajralgan, ma'lumotlar inkapsulyatsiyalanmagan. Bu nimaga olib keladi? Shunga olib keladiki, har bir protsedura ma’lumotlarni nima qilish kerakligini va ular qayerda joylashganini bilmog’i lozim bo’ladi. Agar protsedura ma'lumotlar ustidan noto’g’ri amallarni bajarsa u ma'lumotlarni buzib qo’yishi mumkin. Har bir protsedura ma’lumotlarga kirish usullarini dasturlashi lozim bo’lganligi tufayli, ma’lumotlar taqdimotning o’zgarishi dasturning ushbu kirish amalga oshirilayotgan barcha o’rinlarining o’zgarishiga olib kelar edi. Shunday qilib, hatto eng kichik to’g’rilash ham butun dasturda qator o’zgarishlarni sodir bo’lishiga olib kelar edi.

Download 86,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 86,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo

Download 86,91 Kb.