Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo




Download 86,91 Kb.
bet8/10
Sana05.06.2024
Hajmi86,91 Kb.
#260484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs 1

Tabiiylik. OMY yordamida tabiiy dasturiy ta'minot yaratiladi. Tabiiy dasturlar tushunarliroq bo’ladi. Dasturlashda «massiv» yoki «xotira sohasi» kabi atamalardan foydalanish o’rniga, yechilayotgan masala mansub bo’lgan soha atamalaridan foydalanish mumkin. Ishlab chiqilayotgan dasturni kompyuler tiliga moslash o’rniga, OMY aniq bir sohaning atamalaridan foydalanish imkonini beradi.
Ishonchlilik. Yaxshi dasturiy ta'minot boshqa har qanday mahsulotlar, masalan, muzlatgich yoki televizorlar kabi ishonchli bo’lmog’i lozim.
Puxta ishlab chiqilgan va tartib bilan yozilgan obyektga mo’ljallangan dastur ishonchli bo’ladi. Obyektlarning modulli tabiati dastur qismlaridan birida, uning boshqa qismlariga tegmagan holda, o’zgartirishlarni amalga oshirish imkonini beradi. Obyekt tushunchasi tufayli, axborotga ushbu axborot kerak bo’lgan shaxslar egalik qiladi, ma’suliyat esa berilgan funksiyalarni bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Qayta qo’llanish imkoniyati. Quruvchi uy qurishga kirishar ekan, har gal g’ishtlarning yangi turini ixtiro qilmaydi. Radiomuhandis yangi sxemani yaratishda, har gal rezistorlarning yangi turini o’ylab topmaydi. Unda nima uchun dasturchi “g’ildirak ixtiro qilaverishi kerak?” Masala o’z yechimini topgan ekan, bu yechimdan ko’p martalab foydalanish lozim.
Malakali ishlab chiqilgan obyektga mo’ljallangan sinflarni bemalol takroran ishlatish mumkin. Xuddi modullar kabi obyektlarni ham turli dasturlarda takroran qo’llash mumkin. Modulli dasturlashdan farqli o’laroq, OMY mavjud obyektlarni kengaytirish uchun vorislikdan, sozlanayotgan kodni yozish uchun esa polimorfizmdan foydalanish imkonini beradi.
Kuzatib borishda qulaylik. Dasturiy mahsulotning ish berish davri uning ishlab chiqilishi bilan tugamaydi. Dasturni ishlatish jarayonida kuzatib borish deb nomlanuvchi jarayon muhimdir. Dasturga sarflangan 60 foizdan 80 foizgacha vaqt kuzatib borishga ketadi. Ishlab chiqish esa ish berish siklining 20 foizinigina tashkil etadi.
Puxta ishlangan obyektga mo’ljallangan dastur ishlatishda qulay bo’ladi. Xatoni bartaraf etish uchun faqat bitta o’ringa to’g’rilash kiritish kifoya qiladi. Chunki ishlatishdagi o’zgarishlar, boshqa barcha obyektlar takomillashtirish afzalliklaridan avtomatik ravishda foydalana boshlaydi. O’zining tabliyligi tufayli dastur matni boshqa ishlab chiquvchilar uchun tushunarli bo’lmog’i lozim.

Download 86,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 86,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo

Download 86,91 Kb.