|
Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo
|
bet | 9/10 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 86,91 Kb. | | #260484 |
Bog'liq Kurs 1Kengayishga qodirlik. Foydalanuvchilar dasturni kuzatib borish paytida tez tez tizimga yangi funksiyalarni qo’shishni iltimos qiladilar. Obyektlar kutubxonasini tuzishning o’zida ham ushbu obyektlarning funksiyalarini kengaytirishga to’g’ri keladi.
Dasturiy ta'minot statik (qotib qolgan) emas. Dasturiy ta’minot foydali bo’lib qolishi uchun, uning imkoniyatlarini muttasil kengaytirib borish lozim. OMY da dasturni kengaytirish usullari ko’p. Vorislik, polimorfizm, qayta aniqlash, vakillik hamda ishlab chiqish jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan ko’plab boshqa
shablonlar shular jumlasidandir.
2.2. Yangi versiyalarning davriy chiqarilishi.
Zamonaviy dasturiy mahsulotning ish berish davri ko’p hollarda haftalar bilan o’lchanadi. OMY tufayli dasturlarni ishlab chiqish davrini qisqartirishga erishildi, chunki dasturlar ancha ishonchli bo’lib bormoqda, kengayishi osonroq hamda takroran qo’llanishi mumkin.
Dasturiy ta’minotning tabiiyligi murakkab tizimlarning ishlab chiqilishini osonlashtiradi. Har qanday ishlanma hafsala bilan yondashuvni talab qiladi, shuning uchun tabiiylik dasturiy ta’minotning ishlab chiqish davrlarini qisqartirish imkonini
beradi, chunki butun diqqat-e’tiborni yechilayotgan masalaga jalb qildiradi.
Dastur qator obyektlarga bo’lingach, har bir alohida dastur qismini boshqalari bilan parallel ravishda ishlab chiqish mumkin bo’ladi. Bir nechta ishlab chiquvchi sinflarni bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin bo’ladi. Ishlab chiqishdagi bunday parallellik ishlab chiqish vaqtini qisqartiradi.
XULOSA
Obyektga yo'naltirilgan dasturlash paradigmasi dasturlashning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi va uning zamonaviy dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda asosiy yondashuv sifatida qabul qilinishi tasodif emas. Obyektga yo'naltirilgan dasturlashning rivojlanishi va tarixi, shuningdek, uning qo‘llanish sohasi dasturlashni yangi bosqichga olib chiqdi va ko‘pgina texnologik yechimlarni samarali va barqaror qilishga xizmat qildi. Bu yondashuvni toʻg‘ri oʻzlashtirish va amaliyotda qoʻllash dasturchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi va dasturiy ta’minot sifatini oshiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo
|