• Obyektga mo’ljallangan yondashuvning afzalliklari va maqsadlari.
  • Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo




    Download 86,91 Kb.
    bet7/10
    Sana05.06.2024
    Hajmi86,91 Kb.
    #260484
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs 1

    Modulli dasturlashda, masalan, Modula2 kabi tilda protsedurali dasturlashda topilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga urinib ko’rildi. Modulli dasturlash dasturni bir necha tarkibiy bo’laklarga, yoki, boshqacha qilib aytganda, modullarga bo’lib tashlaydi. Agar protsedurali dasturlash ma'lumotlar va jarayonlarni bo’lib tashlasa, modulli dasturlash, undan farqli o’laroq, ularni birlashtiradi. Modul ma’lumotlarning o’zidan hamda ma’lumotlarga ishlov beradigan protseduralardan iborat. Dasturning boshqa qismlariga moduldan foydalanish kerak bo’lib qolsa, ular modul interfeysiga murojaat etadi. Modullar barcha ichki axborotni dasturning boshqa qismlarida yashiradi.
    Biroq modulli dasturlash ham kamchiliklardan holi emas. Modullar kengaymas bo’ladi, bu degani kodga bevosita kirishsiz hamda uni to’g’ridan to’g’ri o’zgartirmay turib modulni qadam-baqadam o’zgartirish mumkin emas. Bundan tashqari, bitta modulni ishlab chiqishda, uning funksiyalarini boshqasiga o’tkazmay(delegat qilmay) turib boshqasidan foydalanib bo’lmaydi. Yana garchi modulda turni belgilab bo’lsa-da, bir modul boshqasida belgilangan turdan foydalana olmaydi.
    Modulli va prosedurali dasturlash tillarida turni kengaytirish usuli, agar «agregatlash» deb ataluvchi usul yordamida boshqa turlarni yaratishni hisobga olmaganda, mavjud emas edi. Xullas, modulli dasturlash – bu yana protseduraga mo’ljallangan gibridli sxema bo’lib, unga amal qilishda dastur bir necha protseduralarga bo’linadi. Biroq endilikda protseduralar ishlov berilmagan
    ma'lumotlar ustida amallarni bajarmaydi, balki modullarni boshqaradi.
    Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD) bu talablarga to’la javob beradi. Bunda dasturiy komponentlarni ko’p martalab qo’llash va berilganlarni manipulatsiya qiluvchi usullar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud.
    OYDning asosiy maqsadi berilganlar va ular ustida amal bajaruvchi protseduralarni yagona obyekt deb qarashdan iboratdir.
    Obyektga mo’ljallangan yondashuvning afzalliklari va maqsadlari. OMY dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda oltita asosiy maqsadni ko’zlaydi. OMY paradigmasiga muvofiq ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot quyidagi xususiyatlarga ega bo’lmog’i lozim:
    1)tabiiylik;
    2) ishonchlilik;
    3) qayta qo’llanish imkoniyati;
    4) kuzatib borishning qulayligi:
    5) takomillashishga qodirlik;
    6) yangi versiyalarni davriy chiqarishning qulayligi.

    Download 86,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 86,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injinering yo

    Download 86,91 Kb.