|
Fan doktori, ilmiy unvonga ega fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbar yoki konsultant bo‘lishi mumkin?
|
bet | 6/17 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 248 Kb. | | #151611 |
Bog'liq 13 Oliy ta\'limdan keyingi ta\'limga oid savol javoblar (2)-113. Fan doktori, ilmiy unvonga ega fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbar yoki konsultant bo‘lishi mumkin?
Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga ta’lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilarga o‘rnatilgan me’yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin (VMQ-545, 3-ilova 7 b)-band).
14. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim qabul kvotalari qachon tasdiqlanadi?
Vazirlik tizimida ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan qat’iy ravishda kelishgan holda har yili 20-avgustga qadar ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari kesimida akkredetatsiyadan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosan qabul kvotasini tasdiqlaydi (VMQ-696, 3-ilova
e) 14-band).
15. Tasdiqlangan qabul kvotasiga o‘zgarish kiritilishi mumkinmi, mumkin bo‘lsa qanday holatda o‘zgartiriladi?
Ilmiy ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan o‘rinlar har yili 5-dekabrga qadar vazirlikka ma’lumot kiritadi.
Vazirlik har yili 10-dekabrga qadar ortib qolgan qabul kvotalarini ilmiy va ta’lim tashkilotlarining ilmiy darajali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olib qaytadan taqsimlaydi (VMQ-545, 3-ilova 7 g)-band).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Fan doktori, ilmiy unvonga ega fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbar yoki konsultant bo‘lishi mumkin?
|