|
O‘zim faoliyat olib borayotgan va boshqa yana bir oliy ta’lim muassasasida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishim mumkinmi?
| bet | 14/17 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 248 Kb. | | #151611 |
Bog'liq 13 Oliy ta\'limdan keyingi ta\'limga oid savol javoblar (2)-142. O‘zim faoliyat olib borayotgan va boshqa yana bir oliy ta’lim muassasasida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishim mumkinmi?
-
Bir necha ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasida bir vaqtning o‘zida mustaqil izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi (VMQ-304, 2-ilova 4-bob 49-band).
43. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligi qanday mezonlar asosida monitoring qilinishi haqida to‘liq ma’lumot bersangiz?
-
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
a) o‘qishning birinchi yilida:
− dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
− ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;
− tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;
− ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;
− dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;
− ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;
b) o‘qishning ikkinchi yilida:
− tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;
− dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;
− tegishli xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;
− ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;
− dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobot berish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zim faoliyat olib borayotgan va boshqa yana bir oliy ta’lim muassasasida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishim mumkinmi?
|