|
Doktorantga qancha miqdorda stipendiya to‘lanishi belgilangan?
|
bet | 11/17 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 248 Kb. | | #151611 |
Bog'liq 13 Oliy ta\'limdan keyingi ta\'limga oid savol javoblar (2)-131. Doktorantga qancha miqdorda stipendiya to‘lanishi belgilangan?
Tayanch doktoranturada − tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;
− doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi. (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 30-band).
32. Doktoranturada o‘qish muddatini uzaytirish (akademik ta’til olish) mumkinmi?
Tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin. (VMQ-304, 2-ilova 3-bob
32-band).
33. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan oldin himoya qilganlarga stipendiyaning olinmay qolgan qismi to‘lab beriladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
6-noyabrdagi VMQ-696-sonli qarorining 16-bandiga muvofiq Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga muassasa rahbarining buyrug‘i bilan o‘qish muddatining qolgan davri (muddati) uchun nazarda tutilgan tegishlicha stipendiyaning hamda doktorant bilan olib borilgan ish uchun to‘lovning jami miqdori hajmida tegishli diplom taqdim etilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 20 kun muddatda mukofot to‘lanishi belgilangan edi biroq mazkur band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan − Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y.07/23/471/0001-son).
|
| |