|
Sharof rashidov nomidagi
|
bet | 1/17 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 248 Kb. | | #151611 |
Bog'liq 13 Oliy ta\'limdan keyingi ta\'limga oid savol javoblar (2)-1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIMGA OID ENG KO‘P BERILADIGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
Samarqand – 2023
MUQADDIMA
Mazkur qo‘llanma oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish bo‘yicha yuzaga keladigan dolzarb savollarga mutaxassislar tomonidan javob tariqasida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, ortiqcha vaqt va energiya sarflanishining oldini olishga xizmat qiladi.
Savollarga oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish, tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan quyidagi qarorlar asosida javob berilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori (bundan keyin matnda VMQ-304 deb yuritiladi).
Qarorning to‘liq matni bilan https://lex.uz/docs/3213410 havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
ESLATMA!!! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 3-iyundagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qarori (qarorning to‘liq matni bilan https://lex.uz/docs/5443524 havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin)ning 3-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarorining
1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-sonli qarori (bundan keyin matnda VMQ-696 deb yuritiladi).
Qarorning to‘liq matni bilan https://lex.uz/docs/5084654 havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 545-sonli qarori (bundan keyin matnda VMQ-545 deb yuritiladi).
Qarorning to‘liq matni bilan https://www.lex.uz/pdfs/5607138 havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Agarda sizda oliy ta’limdan keyingi ta’lim yuzasidan qo‘shimcha savollar mavjud bo‘lsa, quyidagi ko‘rinishlarda javob olishingiz mumkin:
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi http://phd.mininnovation.uz sayti orqali;
– Samarqand davlat universiteti Ilmiy-tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i D.Xursanov bilan telefon (+998 93 343-27-37) orqali bog‘lanib;
– Samarqand davlat universiteti Ilmiy-tadqiqotlar boshqarmasi (universitet 9 qavatli binosining 2 qavatidagi 212 xona) ga tashrif buyurgan holda.
|
| |