|
Menga mehnat daftarchasi ochilmagan, o‘zim faoliyat olib borayotgan tashkilotda elektron shaklda yuritilishi aytildi, uni qanday qilib yuklab olsam bo‘ladi?
|
bet | 4/17 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 248 Kb. | | #151611 |
Bog'liq 13 Oliy ta\'limdan keyingi ta\'limga oid savol javoblar (2)-15. Menga mehnat daftarchasi ochilmagan, o‘zim faoliyat olib borayotgan tashkilotda elektron shaklda yuritilishi aytildi, uni qanday qilib yuklab olsam bo‘ladi?
Mehnat daftarchasini O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimi – my.mehnat.uz saytiga o‘zingiz faoliyat olib borayotgan tashkilotning yoki jismoniy shaxs ya’ni o‘zingizning kabinetingiz orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda kirib yuklab olishingiz mumkin.
6. Stajyor-tadqiqotchilik nima va unda o‘qish muddati qancha?
Stajyor-tadqiqotchilik instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanib, o‘qish bir yilgacha davom etadi (VMQ-696,
14-band).
7. Stajyor-tadqiqotchilikni tamomlagan talabgor tayanch doktoranturaga imtihonsiz qabul qilinadimi?
Yo‘q. Tayanch doktoranturaga kirish uchun belgilangan tartibda imtihon topshirishingiz va yetarli balni olishingiz lozim.
8. Stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilish tartibi qanday va o‘qish davomida tadqiqotchiga stipendiya to‘lanadimi?
Stajyor-tadqiqotchilik institutiga o‘qishga talabgorlarni tanlab olish suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi hamda ularga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga muvofiq stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi (VMQ-696, 14, 15-bandlar).
9. Men stajyor-tadqiqotchiman, o‘qishimni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirsam bo‘ladimi?
Stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir ilmiy yoki ta’lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan ilmiy va ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilar tugatilgan ilmiy va ta’lim tashkilotlarining huquqiy vorisi etib belgilangan ilmiy va ta’lim tashkilotlariga o‘qishni davom ettirishlari uchun o‘tkaziladi (VMQ-545, 3-ilova
7 e)-band).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Menga mehnat daftarchasi ochilmagan, o‘zim faoliyat olib borayotgan tashkilotda elektron shaklda yuritilishi aytildi, uni qanday qilib yuklab olsam bo‘ladi?
|