• 35. Tayanch doktoranturada o‘qish davri umumiy ish stajiga qo‘shiladimi
  • 36. Men boshqa oliygohda tayanch doktoranturada o‘qiganman, biroq diplom olmaganman. Hozir faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasamda tayanch doktoranturada o‘qishim mumkinmi
  • 37. Mustaqil izlanuvchi sifatida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun pedagogik staj talab etiladimi
  • 38. Mustaqil izlanuvchi sifatida hujjatlarimni qachon topshirsam bo‘ladi, talabgorlar imtihon asosida qabul qilinadimi
  • Ilmiy rahbarlar tomonidan tayanch doktorant bilan olib borilgan ish uchun haq to‘lanadimi?




    Download 248 Kb.
    bet12/17
    Sana05.02.2024
    Hajmi248 Kb.
    #151611
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    13 Oliy ta\'limdan keyingi ta\'limga oid savol javoblar (2)-1

    34. Ilmiy rahbarlar tomonidan tayanch doktorant bilan olib borilgan ish uchun haq to‘lanadimi?

    • Ta’lim muassasasida ilmiy rahbarlar va konsultantlar tomonidan doktorant bilan olib borilgan ish umumiy o‘quv yuklamasiga kiritiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida har oyda to‘lanadi (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 35-band).



    35. Tayanch doktoranturada o‘qish davri umumiy ish stajiga qo‘shiladimi?

    • Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati doktorantlarning umumiy ish stajiga qo‘shiladi (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 36-band).



    36. Men boshqa oliygohda tayanch doktoranturada o‘qiganman, biroq diplom olmaganman. Hozir faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasamda tayanch doktoranturada o‘qishim mumkinmi?

    • Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 37-band).



    37. Mustaqil izlanuvchi sifatida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun pedagogik staj talab etiladimi?

    • Magistr yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga hamda belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar hujjat topshirishlari mumkin (VMQ-304, 2-ilova
      4-bob 38-band).




    38. Mustaqil izlanuvchi sifatida hujjatlarimni qachon topshirsam bo‘ladi, talabgorlar imtihon asosida qabul qilinadimi?

    • Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini qabul qilish yil davomida amalga oshiriladi.

    Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi rahbarining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrgacha e’lon qilinadigan buyrug‘i bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant bo‘lgan taqdirda) belgilanadi (VMQ-304, 2-ilova 4-bob 40, 43, 44-bandlar).



    Download 248 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 248 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy rahbarlar tomonidan tayanch doktorant bilan olib borilgan ish uchun haq to‘lanadimi?

    Download 248 Kb.