• 40. Mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilganda yakka tartibdagi ish reja talab etiladimi
  • 41. Ilmiy rahbarlar tomonidan mustaqil izlanuvchi bilan olib borilgan ish uchun haq to‘lanadimi
  • Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlardan qanday hujjatlar taqdim etishi so‘raladi?




    Download 248 Kb.
    bet13/17
    Sana05.02.2024
    Hajmi248 Kb.
    #151611
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    13 Oliy ta\'limdan keyingi ta\'limga oid savol javoblar (2)-1

    39. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlardan qanday hujjatlar taqdim etishi so‘raladi?

    • Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:

    • qisqacha biografik ma’lumotnoma;

    • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

    • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

    • ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

    • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

    • ish joyidan tavsifnoma (VMQ-304, 2-ilova 4-bob 41-band).



    40. Mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilganda yakka tartibdagi ish reja talab etiladimi?

    • Mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgandan so‘ng bir oy muddatda ilmiy rahbar yoki konsultant (konsultant bo‘lgan taqdirda) bilan kelishgan holda yakka tartibdagi rejalarini Kollegial organda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish belgilangan (VMQ-304, 2-ilova 4-bob 46-band).



    41. Ilmiy rahbarlar tomonidan mustaqil izlanuvchi bilan olib borilgan ish uchun haq to‘lanadimi?

    • Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasida ilmiy rahbarlar va konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan olib boradigan ishi uchun haq mehnatga soatbay haq to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilgani uchun har bir izlanuvchi hisobiga bir yilda 50 soat hisobidan har oyda to‘lanadi (VMQ-304, 2-ilova 4-bob 48-band).




    Download 248 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 248 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlardan qanday hujjatlar taqdim etishi so‘raladi?

    Download 248 Kb.