|
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari
|
bet | 11/11 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #160921 |
Bog'liq 2-Mavzu (1) Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go’zallik tushunchalari haqidagi chuqur uy-xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig’ etuvchi ulug’-vor axloqiy kuch. U o’zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlikni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo’lishi yo’llarini aks ettiradi. Odamiylikning mezoni. Navoiyning fikricha, yaxshilikning, odamiylikning mezoni – bu xalq g’am tashvishi bilan yashashdir: - Odamiy ersang, demagil odamiy
Oniki, yo’q xalq g’amidin g’ami. Alisher Navoiy “sabr” to’g’risida - Qanoat buloqdur-suvi olgan bilan kurimaydi; xazinadir – naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradi; daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkazadi.
- Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. O’rta asrning buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, xususan o’zbek xalqining ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning farovonligi yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo’yida bir qancha binolar: “Ixlosiya” madrasasi, uning qarshisida “Xolisiya” xonaqohi, “Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomi, va ular qoshiga toshhovuz qurdiradi.
Jomiy uchta lirik devon, yetti dostondon iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”), ta’lim-tarbiyaga oid “Bahoriston” asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’ringa ega bo’ldi. Jomiy asarlari. Jomiyning ‘Lujjat ul-asror” (“Sirlar dengizi”, 1475), “Ashiat ul-lamoat” (“Yiltillagan nur”, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga bag’ishlangan. Dostonlarida xalq ommasining eng yaxshi orzu-umidlarini kuylagan. 7 dostondan iborat “Haft avrang” (“Etti taxt” yoki “Katta ayiq”, 1480—87)dagi “Silsilat uz-zahab” (“Oltin zanjir”, 1472), “Tuhfat ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”, 1481—82), “Sibhat ul-abror” (“Taqvodorlar tasbehi”, 1482— 83) dostonlarida yuksak xulq-atvor mezonlarini targ’ib qilgan, kishilarni ma’rifatga, yurtparvarlikka, to’g’rilik, insof va iymonga chaqirgan. Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan “Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida ifodalangan. Jomiy fikrlari. Eng zarur bilimni qunt bilan o’rgan, Zarur bo’lmaganin axtarib yurma. Qoldiray desang jahonda yaxshi nom, Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom... E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |