|
IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri
|
bet | 2/11 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #160921 |
Bog'liq 2-Mavzu (1) IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri. IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri. Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko‘tarinkilik ma’naviy hayotda ham o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Ana shu ko‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o’rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uyg’onish davri deb ataldi. Bu uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan. Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning O’g’li al-Ma’mun davrida Bag‘dodda “Bayt–ul-hikmat” (“Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar–Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo‘lishida xalifalikning emirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar–Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo‘lishida xalifalikning emirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo‘lsa ham, arab imlosida yozilar edi. O‘sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan. Kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o‘tkazganlar. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo‘lgan. Amir kutubxonasini o‘sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar.
|
| |