|
Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi
|
bet | 5/11 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #160921 |
Bog'liq 2-Mavzu (1)Pedagogik qarashlari: - Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
- Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.
- Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
- Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar. Ilmiy-pedagogik qarashlari: - Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi.
- Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.
- Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’quvchiga bilim berishda:
-o’quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; -uzviylik, izchillik; -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari Abu Ali Ibn Sino (980-1037) Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari
|
| |