131
I
kkinchi jahon urushi Markaziy va Sharqiy
Yevropa (MSHY) mamlakatlariga juda
katta kulfatlar, iqtisodiy va demografik yoʻqo-
tishlar olib keldi. Urushdan keyin esa koalitsion
hukumatlar tuzilib, ular tarkibiga kommunistik,
sotsial-demokratik partiyalar, shuningdek,
urushdan oldingi burjua va dehqonlar parti-
yalarining oʻz obro‘yini saqlab qolgan vakillari
kirdi.
Urushdan oldingi siyosiy liderlardan okkupantlar rejimi bilan hamkorlik qilmagan va
antifashistik kuchlar tomonida kurashganlari urushdan keyingi dastlabki yillarda ham
ancha taʼsirli siyosiy lavozimlarni egalladi. Ammo hukumatlar koalitsiyalariga birlashgan
siyosiy kuchlar oʻz davlatlarining kelajagi va taraqqiyot yoʻllari toʻgʻrisida birbiridan farqli,
koʻp jihatdan qaramaqarshi qarashlarga ega edi. Ularning bir qismi urushdan
oldingi
rejimlarni tiklash tarafdori boʻlsa, boshqalari Gʻarbiy Yevropaning demokratik modeliga
havas bilan qarardi. Uchinchilari sovet namunasiga taqlid qilib, proletariat diktaturasi
davlatini qurishni istardi. Urushdan keyin Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarining
iqtisodiy va ijtimoiy asoslari qaror topib borgani sari bu kuchlar oʻrtasidagi kurash ham
keskinlashib bordi. 1947–1948yillar bu kuchlar oʻrtasidagi kurashning hal qiluvchi yilla-
ri boʻldi. Tarixiy nuqtayi nazardan juda qisqa vaqt ichida koʻpchilik Markaziy va Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida hokimiyat kommunistlar qoʻliga oʻtdi. Bu kommunistlarning
hujumkor taktikasi va Sovet Ittifoqi tomonidan ularga koʻrsatilgan yordamning natijasi
edi. Shu yillari SSSR tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi urush dan keyin Markaziy
va Sharqiy Yevropada shakllangan davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish boʻldi.
Polshada soʻl kuchlar gʻalabasining aniqligiga qaramasdan, yangi hokimiyatni qurish
Geografiya fanidan olgan
bilimlaringizga tayanib
Markaziy va Sharqiy Yevro
pa mamlakatlarini xarita dan
toping.