132
Bu mamlakatlarda kommunistlarning gʻalaba qozonishida ular hududida (Albaniya va
Yugoslaviyadan tashqari) sovet armiyasi qoʻshinlarining joylashganligi va sovet masla-
hatchilarining yordami hal qiluvchi rol oʻynadi. 1940yillar oxirida Markaziy va Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida oʻrnatilgan tuzum “xalqdemokratik”, keyin esa “sotsialistik” deb
ataldi. Bir qator davlatlarda koʻppartiyali tizim mavjud boʻlsa, Albaniya, Vengriya, Rumini-
ya va Yugoslaviyada bittadan partiya faoliyat yuritardi. Ularning dasturlarida jamiyatning
barcha sohalarini – iqtisodiyotni, ijtimoiy munosabatlarni, taʼlim va madaniyatni rivojlan-
tirish belgilab berilgandi. Sovet namunasi boʻyicha sanoatlashtirish, qishloq xoʻjaligini
kollektivlashtirish va madaniy inqilobni amalga oshirish belgilab olindi. Modernizatsiya
jarayoni ham SSSRda birinchi besh yillikda amalga oshirilgan jarayonni koʻchirish orqali,
sotsialistik metodlar bilan amalga oshirildi. Markaziy va Sharqiy Yevropaning urushdan
keyingi tarixi SSSRning qoʻllabquvvatlashiga tayangan rejimlardan ozod boʻlish uchun,
sotsializmning mafkuraviy asoslarini qayta koʻrib chiqish uchun kurashlar davri boʻldi.
1956yili SSSRda Stalin shaxsiga sigʻinishning qoralanishi koʻplab Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida Stalin davrida hokimiyatga kelgan va u tomonidan qoʻllabquvvatlangan
rahbarlarning almashinishiga olib keldi. Stalinning vafoti tufayli “sotsialistik lager”ning
jarayoni shiddatli kurashlar ostida oʻtdi va koʻplab qurbonlarga
olib keldi. Mamlakatda katta antikommunistik kuchlar, jum-
ladan, sobiq
Krayova armiyasi (Vatan armiyasi) tarafdori
boʻlgan qurolli guruhlar ham faoliyat yuritayotgan edi.
Chexo-
slovakiyada tub burilish 1948-yil fevralda yuz berdi. Bu paytga
kelib kommunistlar bilan ularning siyosiy muxoliflari oʻrtasidagi
ziddiyat eng keskin darajaga yetdi. Kommunistik partiya vakili
Klement Gotvald boshqarayot gan hukumat tarkibidagi burjua