142
Xullas, XX asrning ikkinchi yarmi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining
koʻpchiligi uchun taraqqiyot yoʻnalishini tanlash davri boʻldi. Bu davrda siyosiy mus-
taqillikka erishgan davlatlarning bir qismida tanlash davri hamon davom etmoqda.
1. Ikkinchi jahon urushidan keyin Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mam
lakatlarida roʻy bergan mojaro va inqirozlarning sabablarini aytib
bering.
2. Osiyo va Afrika davlatlarida modernizatsiyaning murakkab yoʻli qaysi
jihatlarda namoyon boʻldi?
3. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida avtoritar rejimlar
sharoitida modernizatsiya tajribasining oʻziga xos tomonlari nimalar
dan iborat edi?
4. Osiyo va Afrikadagi iqtisodiy tanazzulning asl sabablari nimalardan
iborat boʻlgan?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Imperiya – 1)
imperator, podshoh,
qirol boshqaradigan davlat; 2)
bir qancha
mustamlaka hududlariga ega bo‘lgan, totalitar tuzumga asoslangan davlat.
Harbiy xunta – davlat toʻntarishi orqali hokimiyatga kelgan, odatda zoʻrovonlik
va diktatorlik usullari bilan davlatni boshqaradigan harbiylar hokimiyati.
Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha
moderne – “eng yangi”, “za-
monaviy”) – biror narsani yangilash, zamonaviy talablar va me’yorlarga muvofiq
oʻzgartirish.