145
ta texnopolislar tashkil qilindi. Bu zamonaviy infratuzilma,
transport va informatsion tizimga ega boʻlgan namunaviy
shaharlar edi. Natijada Yaponiya jahon bozoriga yangi
turdagi mahsulotlar – mikroprotsessorlar, shaxsiy kom-
pyuterlar, sanoat robotlari va tez oʻzgaruvchan ishlab
chiqarish tizimlari bilan chiqdi. Eksportning katta qismini
xalq isteʼmoli mollari –
televizorlar, videomagnitofonlar,
mikserlar, mikrotoʻlqinli pechlar va shu kabilar tashkil qildi.
Xullas, Yaponiya yangiliklar bilan anʼanalarni
ajoyib
tarzda uygʻunlashtirishga qodir ekanligini namoyish
qildi. Bu mamlakatning eng yangi tarixi Gʻarbning texnik
yutuqlari bilan Sharqning gumanistik etikasini muvaf-
faqiyatli uygʻunlashtirishga yorqin misol boʻla oladi.