|
Siyosiy tizimning shakllanishi Pdf ko'rish
|
bet | 118/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022Siyosiy tizimning shakllanishi.
“Katta sakrash” va “Madaniy inqilob”
1950
-yil Xitoyda SSSR yordamida sotsializm qurish boshlandi. Ammo
1956yildan ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar buzildi.
1958-yili
qabul qilingan reja Xitoyda muddatidan oldin sotsializm qurishni nazarda tutgan edi.
Bu reja sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xoʻjaligining jadal oʻsishini koʻzda tutdi. U
“Katta sakrash” siyosati deb atalib, uning tarkibiy qismi “texnik inqilob” boʻldi. Mehnat
samaradorligini oshirish “Uch yil matonatli mehnat – uch ming yil baxt-saodat” shiori
ostida olib borildi. 12 soatlik ish kuni oʻrnatildi, odamlar dam olish kunlarisiz va taʼtilsiz
mehnat qildi. Bu va shunga oʻxshash koʻplab tadbirlardan koʻzlangan maqsad “Katta
sakrash” orqali kommunizm qurish boʻlib, juda katta tashabbuskorlik ruhiga qara-
masdan, bu rejalar asosan qogʻozda qolib ketdi. “Katta sakrash” siyosati shu tariqa
muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
1966-yili Xitoyda byurokratiyaga qarshi kurash jarayoni
“Madaniy inqilob” nomini oldi. U mamlakatda Mao Szedunning shaxsiy hokimiyatini
oʻrnatish, muxolifatni bartaraf etish uchun olib borilgan siyosiy jarayon edi.
“Madaniy
inqilob” ziyolilarga qarshi keng miqyosli qatagʻonlarga aylanib ketib, madaniyat va
taʼlimga juda katta zarar yetkazdi, feodal urfodat va anʼanalarga qarshi kurash shiori
ostida koʻplab madaniyat yodgorliklari yoʻq qilindi, tashqi siyosiy kurs keskin oʻzgarib,
mamlakatda antisovetizm kuchaydi.
Sizningcha, Xitoyda mazkur “Katta sakrash”, “Mada
niy inqilob” va “Uch yil matonatli mehnat – uch ming yil
baxt-saodat” shiori ostida oʻtkazilgan islohotlarning natija
lari qanday yakunlangan? Sinfda kichik guruhlarga boʻlinib,
ilmiy klasterdan foydalangan holda taqdimot tayyorlang va
fikringizni asoslang.
|
| |