• 3. Xaritadan Boburiylar sulolasining Akbarshoh davridagi hududlarini toping. 26- mavzu 149
  • 1947-yil 15-avgust
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    Hindiston va Pokistonda 
    mustaqillikning 
    murakkab yoʻli
    FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Hindiston va Pokiston davlatlarini dunyo siyosiy xaritasidan toping.
    2. Hindiston va Pokiston hududlarida mavjud boʻlgan oʻrta asr davlatla­
    ridan qaysilarini bilasiz?
    3. Xaritadan Boburiylar sulolasining Akbarshoh davridagi hududlarini 
    toping.
     26-
     
    mavzu
    149


    MUSTAQILLIKNING E’LON QILINISHI
    150
    I
    kkinchi jahon urushi tugashi 
    bilan Hindistondagi hind va 
    musulmon diniy jamoalari oʻrta-
    sida kelishmovchiliklar yanada 
    keskinlashdi. Buning ustiga 
    urushdan keyingi oziq- 
    ovqat 
    inqirozi Hindistonni deyarli 
    ochar chilik holatiga olib kelib, 
    ahvolni yanada murakkablash-
    tirdi. Shunday murakkab sha-
    roitda 
    1947-yil 15-avgust kuni 
    ikkita mustaqil davlat – 
    Hindiston va Pokiston tashkil top-
    ganligi eʼlon qilindi. Hindiston hukumatini 
    Javoharlal Neru
    Pokiston hukumatini esa 
    Liakat Alixon boshqardi. Ammo 
    Hindistonning boʻlinishi paytidagi mojarolarda odamlarning 
    ommaviy oʻldirilishi uzoq yillar davom etgan Hindiston va Po-
    kiston oʻrtasidagi oʻzaro dushmanlik hissini shakllantirdi. Oʻz 
    yurtini tashlab, boshqa hududlarga koʻchish ham millionlab 
    kishilar hayotiga taʼsir qildi.
    XX 
    asrda mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika 
    mamlakatlari ichida Hindiston 
    parlament 
    demokratiyasini shakllantira olgan yagona davlat boʻl-
    di. 1949-yili Hindistonning yangi konstitutsiyasi qabul 
    qilindi. Unga binoan, Hindiston dunyoviy respublika deb 
    eʼlon qilindi. Konstitutsiya asosiy demokratik erkinliklar
    inson huquqlari, kastalar tengligi, hokimiyatning boʻlinish 
    tamoyillarini eʼlon qildi. Hindiston avtonom huquqlarga 
    ega boʻlgan katta shtatlar va hududlar ittifoqi federatsi-
    yasiga aylandi. Har bir shtat oʻzining qonun chiqaruvchi 
    majlisiga va hukumatiga ega bo‘ldi. Mustamlaka davridan 
    Hindistonga ogʻir iqtisod meros qolgandi. J. Neru huku-
    mati iqtisodiy muammolarni hal qilish, modernizatsiyani amalga oshirishning yoʻli 
    sifatida iqtisodiyotda davlatning rolini oshirishni tanladi. Mamlakat moliya siyosati, 
    umummilliy miqyosdagi yirik korxonalar va infratuzilma obyektlari, tashqi siyosat, 
    mudofaa va shu kabilar markaziy hokimiyat tasarrufiga kirdi. Hindiston lingvistik 
    belgiga qarab shtatlarga boʻlindi. 1964­yili J. Neru olamdan oʻtganidan soʻng uning 
    oʻrnini 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish