• 1951-yili
  • YODDA TUTING 152
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    TARIXIY MUSHOHADA
    1947
    ­yili Hindistonning boʻlinishi natijasida nomigagina Buyuk Britaniya nazo-
    rati ostida boʻlgan yangi davlat – Pokiston dominioni tashkil topdi. Yangi 
    davlat tarkibiga bugungi Pokiston hududidan tashqari
    Sharqiy Bengaliya ham kirib, u 
    yangi davlat – 
    Bangladesh sifatida 1971-yil ajralib chiqdi. Pokiston asosan musulmon 
    aholi yashaydigan, bir­biri bilan bogʻlanmagan bir qancha hududlarga ega boʻldi. Bun-
    day boʻlinish ikki davlat oʻrtasida doimiy chegaraviy muammolarni keltirib chiqardi.
    1951-yili Pokiston oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. 1956­yil Taʼsis majlisi konstitutsiyani 
    qabul qildi. Unga binoan, 
    Pokiston Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Ammo mam-
    lakatdagi siyosiy kuchlar oʻrtasida yakdillik yoʻq edi. Oqibatda siyosiy qarama­qarshilik 
    bir necha harbiy toʻntarishlarga olib keldi. 
    POKISTON
    1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topdi.
    1949-yili Hindistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
    1966-yili yanvarda Toshkentda Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi muzokaralar­
    dan soʻng “Toshkent deklaratsiyasi” imzolandi.
    YODDA TUTING


    152
    Pokistonda beqaror siyosiy holat saqlanib 
    qoldi. 1977­yili navbatdagi harbiy toʻntarishdan 
    soʻng harbiylar jamiyatni islomlashtirish orqali 
    umumiy tenglik va farovonlik davlatini qurish-
    ga urindi. Sha riat sudi tashkil qilinib, u qabul 
    qilinayotgan qonunlarning Qurʼon va shariatga 
    mosligi ustidan nazorat oʻrnatdi. Iqtisodiyotni 
    ham islomlashtirish boshlandi. Mamlakatda 
    favqulodda holat eʼlon qilindi, butun mamlakat 
    hududi 5 ta hududga boʻlinib, ularga harbiy 
    rahbarlar tayinlandi. Tartib saqlash uchun tribu-
    nallar tashkil qilindi.
    1988-yili harbiy diktator – general 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish