155
T
urkiya
prezidenti
Ismet Inyonyu Ikkinchi jahon
urushidan soʻng Otaturkning yoʻlini davom ettirdi,
mamlakatda bitta partiya diktaturasi saqlanib qoldi.
Sovuq urush yillarida Turkiya Gʻarb
bilan birga
boʻldi.
Buyuk Britaniya,
keyin AQSH Turkiyaga moli-
yaviy va iqtisodiy yordam koʻrsatdi. Turkiya “Marshall
rejasi”ga kiritildi, NATOga aʼzo boʻldi. Gʻarb davlatlari
bilan hamkorlik va ularning yordamiga qaramasdan,
1980yillargacha Turkiyada iqtisodiy oʻsish surʼatlari
past boʻldi. Demokratik jarayonlar sekin rivojlanib, si-
yosatda armiyaning roli yuqoriligicha qoldi. Bu bir qator harbiy toʻntarishlarga olib keldi.
1980-yil sentyabrda general
Kenan Evren navbatdagi harbiy toʻntarish oʻtkazdi,
hokimiyat yana harbiylar qoʻliga o‘tdi. Oʻta qattiq, hatto dahshatli usullar bilan boʻl-
sada, mamlakatda tartib oʻrnatildi.
1982-yil noyabrda oʻtkazilgan referendum yangi
konstitutsiyani tasdiqladi. 1983yili Turkiya bosh vaziri boʻlgan
Turgʻut Oʻzol Turkiyada
XX asrning oxirlarida amalga oshirilgan islohotlarda juda katta rol oʻynadi. U Turkiya-
da zudlik bilan iqtisodiy islohotlar boshlab yubordi. Iqtisodda davlatning roli pasaydi,
davlat sektorini keng xususiylashtirish boshlandi, eksportni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida,
erkin iqtisodiy zonalarni tuzish toʻgʻrisida qonunlar qabul qilindi. Natijada Turkiya jadal
rivojlanish yoʻliga tushdi. Iqtisodda davlat sektorining ustunligi
urushdan keyingi Tur-
kiyaning xarakterli jihati edi. Faqat T. Oʻzol islohotlari bunga chek qoʻydi, mamlakatda
siyosiy holatning ham ijobiy tomonga oʻzgarishi yuz berdi.
1989-yilgi saylovlarda
T. Oʻzol Turkiya Respublikasi prezidenti etib saylandi. 1990yildan bosh vazir lavozi-
mini boshqa bir tajribali siyosatchi –