|
Shartli belgilar: taqrizchilar Pdf ko'rish
|
bet | 128/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022Muhammad Zohirshoh
ilmli kishi boʻlib, afgʻon jamiyatini yaxshi bi-
lar va modernizatsiyalashning muhimligini chuqur
his etardi.
Bu davrda ijtimoiy hayotda oʻzgarishlar sekin
kechdi, keskin islohotlar amalga oshirilmadi. Bu
holat shohni agʻdarish tarafdorlarini faollash
tirib yubordi. Shoh
1973-yili taxtdan agʻdarildi.
Muhammad Dovudxon prezident deb eʼlon qilindi.
M. Dovud bir qator islohotlarni amalga oshirdi.
Ammo bular afgʻon xalqining juda kam qismiga
taʼsir qildi xolos. Eng muhim tadbirlardan biri sa-
vodsizlikni tugatish boʻyicha davlat boshqarmasi-
ni tuzish boʻldi.
1977-yili yangi konstitutsiya qabul
qilinib, unga koʻra, M. Dovud umrbod prezident
deb eʼlon qilindi. Ammo M. Dovud armiya ustidan
oʻz hukmronligini oʻrnata olmadi.
1978-yil 27-aprelda Afgʻonistonda harbiylar davlat toʻntarishini amalga oshi-
rib, M. Dovudni hokimiyatdan chetlatdi. Inqilobiy kengash tuzildi. Kengashga
Nur
Muhammad Taraqqiy boshchilik qildi. Hokimiyatga kelgan guruh ichida ham birlik
yoʻq edi. Natijada N. M. Taraqqiy oʻldirildi. Hokimiyatni
Hafizullo Amin oʻz qoʻliga oldi.
U SSSRga murojaat qilib, Afgʻonistonga sovet qoʻshinlarini kiritishni soʻradi. Shunday
sharoitda
1979-yil dekabrda Afgʻonistonga sovet qoʻshinlari kiritildi. H. Amin oʻldiril-
di. Mamlakatda ahvol ogʻirlashdi. Millionlab och kishilar mamlakatni tark etib, qoʻshni
mamlakatlarda qochoqqa aylandi. Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi (AXDP)ga
raqib boʻlgan jangari mujohidlar mamlakatning katta qismini nazorat qilardi.
1986-yili hokimiyatga Muhammad Najibullo keldi. Uning siyosati ancha muvaf-
faqiyatli boʻldi.
1989-yili SSSR oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketdi, AQSH va Pokiston esa
isyonchilarga qurol yetkazib berishni toʻxtatdi. M. Najibullo hokimiyatni saqlab qoldi.
|
| |