159
S
uriya Ikkinchi jahon urushidan oldin Fransiyaning mandati ostida edi. 1943-
yili De Gollning qarshiligiga qaramasdan, Suriya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
Ammo real mustaqillikka 1946yili chet el qoʻshinlari mamlakat hududidan olib chiqib
ketilgandan soʻng erishildi. Rasman parlament respublikasi deb eʼlon qilinganiga qa-
ramasdan, Suriyada barqaror demokratik anʼanalar shakllanmadi, hokimiyat uchun
keskin kurash boshlandi.
1940yillarning ikkinchi yarmida Suriyada burjuademokratik davlatini qurishni oʻz
oldiga maqsad qilib qoʻygan milliy burjuaziya hukumatlari birbirini almashtirdi.
Jamiyat siyosiy hayotida yetakchi rol oʻynayotgan
Arab sotsialistik uygʻonish
partiyasi 1957yili mamlakatga Misr qoʻshinlarini taklif qilish tarafdori boʻlib chiqdi.
1958-yil fevralda Suriya bilan Misr ittifoqqa birlashib,
Birlashgan Arab Respublika
si (BAR) deb eʼlon qilindi.
Bir qator norozilik chiqishlaridan soʻng 1961yil sentyabrda armiya ofitserlari har-
biy toʻntarishni amalga oshirdi. Shu kuni harbiy qoʻmondonlik Suriya BAR tarkibidan
chiqqanligini va
Suriya Arab Respublikasi tashkil etilganligini eʼlon qildi.
1970yil noyabrdagi harbiy toʻntarishdan soʻng mamlakatda
hokimiyat mudofaa
vaziri general Hafiz Asad qoʻliga oʻtdi. Keyingi yili oʻtkazilgan referendumda H. Asad
Suriya prezidenti etib saylandi. Suriyada uzoq yillarga H. Asadning yakkahukmronligi
oʻrnatildi. 1980–1990yillari Suriya sotsializm qurish kursini davom ettirdi. 1980yillar
oxiriga kelib YIMning asosiy qismini davlat sektori berardi. Tashqi siyosatda Suriya
Isroilga qarshi qatʼiy pozitsiyani egalladi. Liviya bilan yaqinlashdi. 1980–1988yillar-
dagi IroqEron urushida Iroqni qoʻlladi. 1990yili Iroqning Kuvaytga qarshi tajovuzida
Suriya Kuvayt tomonida boʻldi, unga diplomatik, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatdi.