156
I
slohotlarda erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramasdan, shoh rejimidan norozilar
ancha edi. Bu hol gʻalayonlarga olib keldi. Oqibatda
1979-yil fevralda hukumat
isteʼfoga chiqdi. Shoh rejimi agʻdarildi, Eron Islom Respublikasi deb eʼlon qilindi.
Dindor shaxslardan tuzilgan Kengash yangi konstitutsiyani ishlab chiqishga kirish di.
Xulqatvorning diniy normalari joriy qilindi, alkogol isteʼmol qilish taqiqlandi. Ayollar
islom anʼanalari boʻyicha kiyinishga majbur qilindi. Gʻarb mamlakatlari Eronga qar-
shi sanksiyalar eʼlon qildi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ogʻirlashib bordi. Shunday
holatda
1980-yili Iroq qoʻshinlari Eronga bostirib kirdi. Boshlangan EronIroq urushi
1988-yilgacha davom etdi. Eronda oziq-ovqat qiyinchiligi boshlanib, kartochka tizimi
joriy qilindi, iqtisod tanazzulga yuz tutdi. 1990-yillarda iqtisod barqarorlashib, YIM-
ning o‘sish surʼatlari jadallashdi.
A
fgʻoniston shohi