146
Den Syaopin islohotlarining boshlanishi
1976
-yil 9-sentyabrda Mao Szedun vafot etdi va “Madaniy inqilob”
rasman yakunlandi. Hokimiyatga kelgan
Den Syaopin pragmatik
islohotlarning yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Konsepsiyada “toʻrtta moder-
nizatsiya” islohoti – qishloq xoʻjaligi, sanoat, fantexnika va harbiy sohani isloh
qilish belgilab olindi. Xitoy iqtisodiga chet el investitsiyalari ham oqib kela bosh-
ladi. Ayniqsa, chet ellarda yashayotgan xitoylar faol investitsiya kiritdi. Chet el
kapitalini jalb qilish uchun Xitoy janubida 4 ta erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.
Qoʻshma korxonalar va chet el qarzlari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. 1980yillar
oxiriga kelib Xitoy taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqib oldi.