• Filippin, Koreya, Vyetnam
  • ESGA OLING OZODLIK VA TARAQQIYOT MUAMMOLARI Mojaro va inqirozlar
  • YODDA TUTING
  • -yili ikkita davlatga – Hindiston Ittifoqi




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    1947-yili ikkita davlatga – Hindiston Ittifoqi va Pokistonga ajralib ketdi, millionlab 
    kishilar qochoqlarga aylandi, ikki davlat oʻrtasida bir necha marta harbiy mojarolar boʻlib 
    oʻtdi. 1947­yili Falastinning arab va yahudiy davlatlariga boʻlinishi Yaqin Sharqda doimiy 
    tanglik oʻchogʻini vujudga keltirdi. 
    Janubi-sharqiy Osiyodagi 
    Filippin, Koreya, Vyetnam kabi mamlakatlar ham mustaqil-
    likning dastlabki davrlarida ichki va tashqi urushlarni boshdan kechirdi. Xitoyda fuqarolar 
    urushi 
    1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi eʼlon qilinishi bilan yakunlandi.
    1950­yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining koʻpchiligida demokratik yoʻnalishdagi 
    hukumatlar faoliyat boshladi. Bu hukumatlar chet el, avvalo, AQSH kapitalining taʼsirini 
    kamaytirish uchun kurashdi. Ammo 1960–1970­yillari koʻpchilik Lotin Amerikasi mamla-
    katlarida davlat toʻntarishlari yuz berib, hokimiyatga harbiy xuntalar keldi.
    Osiyo, Afrika va Lotin 
    Amerikasi mamlakatlari­
    ning mustaqillikka erishish 
    bosqichi qanday omillar 
    tufayli vujudga kelgan edi?
    ESGA OLING
    OZODLIK VA TARAQQIYOT MUAMMOLARI
    Mojaro va inqirozlar
    Sizningcha, mustam­
    lakachilik tizimi yemiri­
    lishining asl sabablari 
    nimalardan iborat edi?
    O‘YLAB KO‘RING VA 
    MANTIQIY XULOSA 
    CHIQARING


    140
    1947-yili Hindiston Ittifoqi va Pokiston vujudga keldi. 
    1947-yili Falastinning arab va yahudiy davlatlariga 
    boʻlinishi Yaqin Sharqda doimiy tanglik oʻchogʻini vujud-
    ga keltirdi.
    1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi tash­
    kil topdi.
    Portugaliya mustamlakachi imperiyasi 1975-yili quladi.
    YODDA TUTING
    M
    ustaqil taraqqiyot yoʻliga kirgan mamlakatlarda modernizatsiya yoʻlini tanlash 
    murakkab jarayonga aylandi. Bir qism davlatlar kechagi mustamlakachilarga 
    ergashishni istamadi va mustaqil modernizatsiya yoʻlini tanladi. Ularning koʻpchili-
    gida hali oʻta qoloq ijtimoiy munosabatlar hukmron edi. Ishga yaroqli aholining juda 
    katta (baʼzi mamlakatlarda 90% gacha) qismi qishloq xoʻjaligida band edi. Texnika 
    bilan taʼminlanganlik darajasi ham juda past edi. Aholi sonining koʻpligi va jadal
    oʻsishi, arzon ishchi kuchi ham modernizatsiya uchun katta yordam bermadi. Shunga 
    qaramasdan, sobiq mustamlakalarning mustaqillikka erishishi, yarim mustaqil mam-
    lakatlarda milliy rejimlarning hokimiyatga kelishi natijasida qoloqlikni yengib oʻtish, 
    jadal taraqqiyot yoʻlini tanlash gʻoyalari ustuvor gʻoyaga aylandi. Rivojlanayotgan 
    mamlakatlarning ayrimlari juda katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi. 
    Y
    aqin va Oʻrta Sharq hamda Shimoliy Afrika mamlakatlarida islom dini alohida 
    oʻringa ega. Ushbu mamlakatlar xalqlari tarixida, ularning ijtimoiy­iqtisodiy va 
    siyosiy hayotida islom dini muhim rol oʻynagan. Dastlabki milliy­ozodlik harakatlari 
    ham islom bayrogʻi ostida amalga oshirilgan. Shu sababli islom dini bu mamlakat-
    lardagi modernizatsiya jarayoniga ham katta taʼsir koʻrsatdi. Aksariyat musulmon 
    mamlakatlarida modernizatsiya jarayoni diniy urf-odatlarni hisobga olgan holda 
    amalga oshirilgani uchun aholi tomonidan katta qarshiliklarsiz qabul qilindi va ijobiy 
    natijalarga olib keldi.
    Ayrim islom mamlakatlarida oʻtkazilgan islohotlar jarayonida shu omilni inobatga 
    olmaslikning oqibatlarini Erondagi modernizatsiya jarayoni yaqqol koʻrsatib berdi. 
    1979­yili anʼanaviy islom qadriyatlariga va hayot tarziga qaytish shiori ostida boshlan-
    gan harakat butun mamlakatni qamrab oldi. Shoh 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yili ikkita davlatga – Hindiston Ittifoqi

    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish