135
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi oʻzgarishlarning Yugoslaviyaga
taʼsiri kam boʻldi. Ammo ijtimoiy tuzumning asoslarida yuz bergan oʻzgarishlar milliy
munosabatlarga ham taʼsir etmasdan qolmadi. Ilgari har bir davlatni qatʼiy markazlash-
gan tuzumlar yagona davlat tarzida birlashtirib turgandi. Bu tuzumlarning qulashi faqat
millatlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi uchun emas, millatchi va ayirmachi kuchlarning
faollashuvi uchun ham imkoniyat yaratdi. Sotsialistik mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy
va siyosiy aloqalar tobora murakkablashib bordi. 1991yili Oʻzaro iqtisodiy yordam ke-
ngashi, keyin esa Varshava shartnomasi tashkiloti ham tarqalib ketdi. Xullas, 40 yildan
oshiq faoliyat yuritgan sotsialistik hamdoʻstlik barham topdi.
1. Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyo
ti Gʻarbiy Yevropadan ortda qolishining
asosiy sabablari nimalardan iborat?
2. Vengriyada Imre Nad, Polshada
“Birdamlik” harakati vakillari faoliyatining
umumiy va farqli jihatlarini tahlil qiling.