133
yangilanishiga paydo boʻlgan umid sababli GDRda namo-
yishlar boshlanib ketdi. Namoyishlar bostirildi. Bir necha
oʻnlab kishilar halok boʻldi.
Poznanda ishchilar ish me’yorlarining oshirilishi va ish
haqining pasaytirilishiga qarshi ishtashlash eʼlon qildi. Bu
yerga joʻnatilgan politsiya va harbiylar bilan toʻqnashuvlarda
bir necha kishi halok boʻldi. 1956yili
Vengriyada
Imre Nad
boshchiligidagi yangi hukumat tomonidan hokimiyatning
totalitar tizimini buzish, koʻppartiyaviylik tizimiga oʻtish uchun
qilingan harakat totalitar rejimga qarshi demokratik inqilobga
aylanib ketdi. Sovet rahbarlari qoʻzgʻolonni
bostirish uchun
keng miqyosdagi harbiy operatsiya oʻtkazishga qaror qildi.
Bu qarorni koʻpchilik Sharqiy Yevropa davlatlarining rahbar-
lari qoʻllabquvvatladi. Asosiy janglar
Budapeshtda boʻlib
oʻtdi. Unda minglab qoʻzgʻolonchilar halok boʻldi va yaralandi.
Qoʻzgʻolon bostirilgandan soʻng I. Nad va uning safdoshlari
sud qilinib, oʻlim jazosiga hukm qilindi.
1949-yilda Albaniya, Bolgariya, Vengriya,
Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugosla
viya davlatlarida kommunistik partiyalar toʻliq
hokimiyatni egalladi.
1956-yili Sharqiy Yevropa mamlakatlari
tarixida Stalin davrida hokimiyatga kelgan va u
tomonidan qoʻllab-quvvatlangan rahbarlarning
almashish jarayoni kuzatildi.
YODDA TUTING
1956-yili Vengriyada Imre Nad boshchiligidagi yangi hukumat tomonidan hoki
miyatning totalitar tizimini buzish, koʻppartiyaviylik tizimiga oʻtish uchun qilingan
harakat totalitar rejimga qarshi demokratik inqilobga aylanib ketdi. Mazkur ku
rashlar Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining keyingi taraqqiyoti uchun
qanday ahamiyat kasb etadi?