• 2. Birinchi jahon urushi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun qanday natijalar bilan yakunlandi
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    Xitoydagi 
    madaniy 
    inqilob
    Amerikalik astronavt Nil Armstrong 1969-yil iyulda 
    “Apollon-11” kosmik kemasida Oy ekspeditsiyasiga jo‘nadi. 
    1969-yil 21-iyulda Nil Armstrong Oy yuzasiga qadam qo‘y­
    gan birinchi odam sifatida tarixda qoldi.
    Nil Armstrong shunday degan edi: “Bu – inson uchun ki - 
    chik bir qadam, lekin butun insoniyat uchun ulkan sakrash”.


    UYGʻONAYOTGAN DUNYO: 
    1945–1991-YILLARDA 
    OSIYO, AFRIKA VA LOTIN 
    AMERIKASI MAMLAKATLARI
    IV
     
    BOB


    138
     24-
     
    mavzu
    Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi 
    mamlakatlari rivojlanishining 
    asosiy yoʻnalishlari
    FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining har biridan kami­
    da oʻntadan davlatni dunyo siyosiy xaritasidan toping.
    2. Birinchi jahon urushi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari 
    uchun qanday natijalar bilan yakunlandi?
    3. Ikkinchi jahon urushi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari 
    uchun qanday natijalar bilan yakunlandi? Mazkur mamlakatlar jahon 
    urushlaridan qanday saboq chiqardi?


    139
    I
    kkinchi jahon urushidan soʻng sobiq mus-
    tamlakalar oʻrnida tashkil topgan oʻnlab dav-
    latlar uchun modernizatsiya va rivoj lanish kabi 
    oʻzaro bogʻliq muammolar dolzarb boʻlib qoldi. 
    Bu muammolar va ularni hal qilish usullarida bir 
    qator oʻxshash jihatlar mavjud, ular Osiyo, Afrika 
    va Lotin Amerikasi mamlakatlariga yagona birlik 
    sifatida qarash imkonini beradi.
    I
    kkinchi jahon urushidan soʻng Yevropa dav-
    latlari mustamlakachi imperiyalarining qula-
    shi, mustamlaka xalqlarining ozod boʻlish jarayoni 
    boshlandi. Bu jarayon barcha mamlakatlarda ham 
    tinch yoʻl bilan amalga oshmadi. Buyuk Britaniya 
    Malayyada, Fransiya Hindixitoy va Jazoirda, 
    Portugaliya Angola va Mozambikda milliy-ozodlik 
    harakatlarini shafqatsizlarcha bostirish siyosatini 
    olib borib, bu mamlakatlarga juda katta talafot 
    yetkazdi. 1960-yil tarixga “Afrika yili” sifatida kirdi. 
    Shu yili qitʼadagi 17 ta mustamlaka mamlakat oʻz 
    mustaqilligini eʼlon qildi. Tarixda oxirgi mustamla-
    kachi imperiya – Portugaliya 1975-yili quladi.
    O
    siyo, Afrika va Lotin Amerikasida paydo boʻlgan koʻplab davlatlarning chegaralari 
    etnik, diniy chegaralar bilan mos tushmadi, bu esa koʻplab ichki va davlatlararo 
    mojarolarga sabab boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgandan soʻng, u diniy belgi aso-
    sida 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish