|
Shartli belgilar: taqrizchilar Pdf ko'rish
|
bet | 137/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022Xalq birligi blokiga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar
va “Xalq faoliyati yagona harakati” kirdi.
1970-yili shu blok nomzodi – Salvador
Alyende Chili prezidenti etib saylandi. S. Alyende hukumati islohotlari ham mamla-
katda turli qarashlar, qarshiliklarni keltirib chiqardi.
1973-yili davlat toʻntarishi amalga
oshirilib, hokimiyatga general
Avgusto Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi.
Konstitutsiya va deyarli barcha demokratik erkinliklar bekor qilindi. Pinochet hukumati
tanlagan modernizatsiyalashning neokonservativ varianti katta ijtimoiy muammolarni
keltirib chiqardi. Ish haqi ayniqsa islohotlarning dastlabki yillarida sezilarli darajada
kamaydi, ishsizlik keskin oshdi. 1989yili oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarida Xris-
tian-demokratik partiyasi (XDP) yetakchisi
Patrisio Eylvin gʻolib chiqdi. Shu bilan
diktatura davri tugadi.
1959-yil 1-yanvar kuni F. Kastro boshchiligida qoʻz
gʻolonchilar inqilobi gʻalaba qozondi.
1970-yili Xalq birligi nomzodi Salvador Alyende Chili
prezidenti etib saylandi.
1958-yili Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy
hajmi boʻyicha Lotin Amerikasida birinchi oʻringa chiqdi.
YODDA
TUTING
Salvador Alyende
166
1. 1950–1980-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarida yuz bergan asosiy
siyosiy oʻzgarishlar haqida gapirib bering.
2. Modernizatsiyalashning Kuba varianti oʻzini oqladimi? 1980-yillardan
bu variantning qanday kamchiliklari koʻzga tashlandi?
3. Chilida S. Alyende hukumatining islohotlari maʼlum yutuqlarga qara
masdan nima uchun ommalashmadi?
4. Pinochet diktaturasi davridagi islohotlar Chilining keyingi rivojlani-
|
| |