|
Shartli belgilar: taqrizchilar Pdf ko'rish
|
bet | 139/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022“Ozodlik tash kiloti” tuzildi va u yangi rejimning tayanchiga aylandi. Yer
islohoti natijasida koʻplab dehqonlar yerga ega boʻldi. Ammo hukumat faoliyati-
ga “Musulmon birodarlar” diniy-mutaassiblik tashkiloti qarshi chiqdi. Aholining
katta qismi savodsiz boʻlgan mamlakatda ular kuchli taʼsirga ega edi. 1954yili
“Musulmon birodarlar” tarafdorlari bilan
“Ozodlik tashkiloti” tarafdorlari oʻr-
tasidagi qonli toʻqnashuvda “Musulmon birodarlar” tashkiloti tormor qilindi.
J. A. Nosir hukumati Misrni rivojlantirishda SSSR yordamiga tayandi. 1970-yili
J. A. Nosir vafot etgandan soʻng Misr prezidenti etib saylangan
Anvar Sadat SSSR
bilan barcha aloqalarni uzib, AQSH bilan yaqinlashdi va uning yordamida iqtisodiy
rivojlanishni boshladi. 1981yil 6oktyabrda Anvar Sadatning oʻldirilishi ham yangi
iqtisodiy kursni oʻzgartira olmadi.
Husni Muborak prezident etib saylangandan soʻng
butun 80-yillar va 90-yillar boshlarida Misr jadal rivojlanishda davom etdi.
Sh
imoliy Afrikadagi arab mamlakatlariga Misr, Sudan, Liviya hamda Magʻrib
davlatlari – Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kiradi. Bu mamla-
katlarda aholi asosan islom diniga eʼtiqod qiladi. Shu sababli mintaqa arabislom
sivilizatsiyasi mamlakatlari hisoblanadi.
SUDAN
1956
-yili mustaqil boʻlgan
Sudan unitar demok-
ratik respublika deb eʼlon qilindi. Shun-
dan keyin taraqqiyotning dunyoviy va
diniy yoʻli tarafdorlari oʻrtasida qator
toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. Oxiroqibat
Sudan rivojlanishning islomiy yoʻlini
tanladi. Islom – davlat dini, arab tili –
davlat tili, shariat – barcha qonunlar-
ning asosi deb eʼlon qilindi. 1969yili
Sizningcha, bugungi Afrika taraq-
qiyotidagi muammolar nimalardan
iborat?
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY
|
| |