• Muammar Qazzofiy
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    XULOSA CHIQARING
    SHIMOLIY AFRIKA MAMLAKATLARI
    MISR


    169
    “Ozod ofitserlar” tashkiloti bu rejimni agʻdarib tashladi. Hokimiyat polkovnik 
    Jaʼfar 
    Nimeyri boshchiligidagi Inqilobiy kengashga oʻtdi.
    Mamlakat 
    Sudan Demokratik Respublikasi deb eʼlon qilindi. J. Nimeyrining 
    shaxsiy rejimi oʻrnatildi. Mamlakatda inson huquqlari poymol qilindi. 
    Uzoq harakatlardan soʻng 1985­yili J. Nimeyri rejimi ham agʻdarib tashlandi. 
    Shundan keyin mamlakat janubidagi islomiy davlat tarafdorlari bilan hukumat oʻrta-
    sida urush boshlandi. Oqibatda Sudan XX asr oxirida ham mintaqaning eng qoloq 
    mamlakati boʻlib qoldi.
    1949
    -yil Italiyaning sobiq mustamlakalari – Fessan, Kirenaika va Tri­
    politaniya birlashtirilib, Liviya podshohligi tuzildi. Liviya 1951-yili 
    mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1950­yili Liviya hududida neft va gazning katta 
    zaxiralari aniqlandi. Bu boyliklar chet el, birinchi oʻrinda AQSH kompaniyalari tomo-
    nidan oʻzlash tirildi. Keyingi yillarda neft qazib olish sanoati juda jadal rivojlandi. Neft 
    sanoatining jadal oʻsishi bilan Liviya ijtimoiy­iqtisodiy hayotida ham tub oʻzgarishlar 
    boshlandi. Bu jarayon faqat qishloq aholisining keskin kamayishiga olib kelmasdan, 
    ayni paytda mamlakatdagi monarxiya tizimining tayanchi boʻlgan anʼanaviy­diniy 
    hayot tarzi ham buzildi, asta-sekin armiyaning roli ortib bordi. Natijada 1969-yili 
    29 yoshli 
    Muammar Qazzofiy boshchiligidagi “Yosh ofitserlar” tashkiloti monarxi-
    yani agʻdarib tashladi va mamlakatni 
    Liviya Arab Respublikasi deb eʼlon qildi.
    M. Qazzofiy hukmronligi davrida mamlakat iqtisodiy rivojlanish va aholini ijtimoiy 
    himoya qilishda katta yutuqlarga erishgan boʻlsa­da, fuqarolar huquqlari taʼminlan-
    madi, bir qism aholining noroziligi ortib bordi.
    LIVIYA
    XX asr boshida Turkiya mustamlakasi edi, Turkiya- 
    Italiya urushidan keyin Italiyaga qaramlik boshlandi.
    II jahon urushi davrida ingliz va fransuzlar egalladi. 
    1952-yilda BMT Liviyaga mustaqillik berdi.
    Liviya Qoʻshma Podshohligi agʻdarilib, Liviya Arab 
    Res publikasi tuzildi (1969).
    1977­yil LAR oʻrniga Liviya Arab Sotsialistik Xalq 
    Jamahiriyasi eʼlon qilindi.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish