• Madagaskar, Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Keniya va Kamerun
  • Oltin Qirgʻoq oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va oʻzini Gana
  • “Afrika yili”
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    1
    2
    3
    4
    Liviyaning XX asr solnomasi: mustaqillikdan diktaturaga
    Muammar 
    Qazzofiy


    170
    1945
    -yil oktyabrda Angliyaning Manchester shahrida V Panafrika kon-
    gressi boʻlib o‘tidi. Unda antimustamlaka, antiimperialistik ruh ustuvor 
    boʻldi. Kongress butun qitʼaga va barcha yirik mintaqalarga qaratilgan yangi inqilobiy 
    talablarni ilgari surdi. Koʻplab Afrika mamlakatlari uchun urushdan keyingi yillar si-
    yosiy partiyalarni tuzish davri boʻldi. Ular endi bevosita ommaga murojaat qiladigan 
    boʻldi. Mitinglar, boʻysunmaslik kampaniyalari oʻtkazdi, chet el tovarlarini boykot qildi. 
    1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshlarida ommaviy namoyishlar va politsiya bilan qonli 
    toʻqnashuvlar davrning xarakterli jihati boʻlib qoldi. Qurolli chiqishlar, 
    Madagaskar, 
    Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Keniya va Kamerun xalqlarining mustamlakachilikka qarshi 
    qurolli qoʻzgʻolonlari avj oldi. 1950­yillarning ikkinchi yarmi mustamlaka rejimlarini 
    qulatish uchun kurashlar davri boʻldi. Buyuk Britaniya mustamlakasi 
    Oltin Qirgʻoq 
    oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va oʻzini 
    Gana davlati deb atadi. Fransiya mustamlakasi 
    Gvineya ham oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Bu dastlabki qadamlar butun Afrika tomo-
    nidan qitʼaning mustamlakachilikdan ozod boʻlishi ramzi sifatida qabul qilindi. 
    Mustamlakachilikdan ozod boʻlish jarayonlarining eng yuqori nuqtasi 1960­yilga 
    toʻgʻri keldi. U tarixga 
    “Afrika yili” sifatida kirdi. Jahon xaritasida 17 ta yangi Afrika 
    davlati paydo boʻldi. Keyingi yillarda Buyuk Britaniyaga qarashli deyarli barcha dav-
    latlar oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. 
    TROPIK VA JANUBIY AFRIKA MAMLAKATLARI
    Mustaqillikdan soʻng deyarli birdaniga hayot tubdan yaxshilanadi, degan ishonch 
    keng tarqalgan edi. Ammo koʻp hollarda nokapitalistik rivojlanish yoʻlini tanlagan 
    mamlakatlarda qiyin vaziyatlar vujudga keldi, mustaqillik uchun kurashgan kechagi 
    liderlar va hukmron partiyalar hokimiyatga kelgach, zolimlar va diktatorlarga aylandilar, 
    fuqarolar urushlari esa koʻplab qon toʻkilishlariga olib keldi. Kapitalistik yoʻlni tanlagan 
    boshqa bir qator davlatlarda ham shunday, deyarli bir xil muammolar paydo boʻldi. 
    Bir qator Afrika davlatlarida koʻp sonli, tajribasiz va samarasiz, qulogʻigacha 
    korrupsiyaga botgan, davlat boyliklarini talon-toroj qiluvchi va shu asosda bir-birini 
    qoʻllab­quvvatlovchi byurokratik apparatlar vujudga keldi. Bunday sharoitda armiya 
    yagona tartib va kuchga ega boʻlgan tashkilot bo‘lib qoldi. Natijada toʻxtovsiz harbiy 
    toʻntarishlar yuz berdi. Qashshoqlikdan, urush va genotsiddan, sanoatning yoʻqligi 
    tufayli ishsizlik va ilojsizlikdan qutulish uchun millionlab afrikaliklar oʻz qitʼasini tashlab 
    ketishga majbur bo‘ldilar.
    Sizningcha, Afrika xalqlari tarixidagi V Panafrika 
    kongressi hamda “Afrika yili” qanday ahamiyat kasb 
    etadi? Fikringizni asoslagan holda T-chizma grafik orga­
    nayzeridan foydalanib taqdimot tayyorlang.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish