174
B
u davrda aniq fanlar erishgan eng
katta yutuqlardan biri lazerning
kashf etilishi boʻldi. Bu kashfiyot XX asr
fizika fanidagi eng yorqin kashfiyotlardan
biri sifatida tan olingan. 1960-yili
sovet
fiziklari –
N. G. Basov, A. M. Proxorov
va amerikalik olim
Ch. Tauns lazer (bu
inglizcha
lighit amplification by stimu
lated emission of radiation – “majburiy
nurlanish natijasida yorugʻlikning ku
chaytirilishi” iborasining bosh harflaridan
olingan) – nurning mutlaqo yangi turini
yaratdilar. Bu uchala olimga fizika bo‘yi
cha
Nobel mukofoti berildi.
Yangi texnika va texnologiyalardan
foydalanish bilan bogʻliq yana bir yangilik
kompyuterning ixtiro qilinishi boʻldi.
Kompyuter (inglizcha
computer – “hisob-
lagich”) dastlab axborotni qayta ishlash
va hisoblash uchun yaratildi, u elektron
hisoblash mashinasi – EHM deb yuritilar
va juda katta hajmga ega edi. 1959-yili
amerikalik muhandislar –