|
Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar Pdf ko'rish
|
bet | 146/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022175
Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar
Adabiyot
ter orqali aloqa oʻrnatish mumkinligini asosladi va Internetning yaratilishini yaqinlashtirdi.
1969yili Internetning oʻtmishdoshi –
ARPANET yaratildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlanib ketgan sovuq urush, AQSH va
SSSR oʻrtasidagi qurollanish poygasi kosmos sohasiga ham koʻchdi.
1957yil
4-oktyabr kuni Sovet Ittifoqida Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi uchirildi. Aka-
demik
S. P. Korolyov boshchiligidagi guruh tomonidan Oyga kosmik kema
uchirish borasida tadqiqotlar olib borildi. Natijada
1961-yil 12-aprel kuni
Y. A. Gagarin “Vostok” kosmik kemasida dunyoda birinchi bo‘lib koinotga parvoz qildi.
Kosmonavtika davri boshlanib, u koinot haqidagi bilimlarimizni kengaytirdi.
Iqtisodiy nazariya sohasida ham jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy nazariyadagi
eng muhim oʻzgarishni XX asrning birinchi yarmida ingliz iqtisodchisi
Jon Keyns amalga
oshirdi. U amalda iqtisodiy nazariyada yangi yoʻnalish –
makroiqtisodiyotni yaratdi.
J. Keyns nazariyasi fanda
keynschilik nomini oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin keyns-
chilik asosida yaratilgan iqtisodiy nazariya
neokeynschilik nomini oldi. Bu nazariya
iqtisodni yangi davr talabiga moslashtirishga qaratilgan edi.
XX
asrning ikkinchi yarmidagi ilmiytexnik inqilob va u bilan bogʻliq oʻzga-
rishlar inson hayotining hamma jabhalariga taʼsir koʻrsatdi. Qadriyatlar
tizimidagi oʻzgarishlar avvalo sanʼat va adabiyotda oʻz aksini topdi.
Sanʼatda
abstraksionizm (mavhumlik) yoʻnalishi keng ommalashdi. Abstraksionizm
fotografiya sanʼatining rivojlanishiga oʻziga xos javob tarzida paydo boʻldi. Abstrak
sio nizm vakillari endi tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalashga intildilar, zotan, ularning
fikricha, aynan shu jihatlarni fotografiyada aks ettirishning iloji yoʻq edi. Abstraksio
nizmga qarama-qarshi ravishda
pop art (ommaviy sanʼat) paydo boʻldi va tezda Yevro-
paga tarqaldi. Pop art ixlosmandlarining fikricha, dunyodagi har qanday buyum oʻzining
dastlabki isteʼmolchilik ahamiyatini yoʻqotib, badiiyestetik sifat kasb etishi mumkin.
Sanʼatning bu yoʻnalishlarida olam qiyofasidagi mantiq va aniqlikning yoʻqligi
sanʼatdagi modernizm bosqichi oʻz imkoniyatlarini tugatganidan dalolat edi. Endi
Gʻarb va Sharq sanʼati, oʻtmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat
elementlarini oʻzida jamlagan
postmodernizm uslubi paydo boʻldi.
U
rushdan keyin bir qator yozuvchilarning romanlari urushni badiiy usullar bilan
anglashga bagʻishlandi. Bu davrda koʻpchilik asarlar antifashistik, patsifistik
ruhda yozilgan boʻlsa, 1960yillardan keyin realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muam-
molarni aks ettirish quroliga aylandi. Ularda inson va tabiat oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik,
tabiatdagi halokatlar inson va jamiyatning ham tubanlashuviga olib kelishi oʻta taʼsirli
badiiy obrazlar orqali yorqin ifoda qilindi.
Bayon qilishning realistik shakli XX asrning yangi adabiy yoʻnalishi –
|
| |