Shartli belgilar




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/57
Sana03.01.2024
Hajmi36,7 Mb.
#129745
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
Bog'liq
tabiiy fanlar 3 uzb 2022-
e9f5007ef2458d73963c9dbf707c273d65f5324f, FALSAFA1, ozon va kislarod aralashmasi, Siroj, Кўзатувчилар 3 та, Математик тасавв шакллантир укув кулланма, Математик тасаввурларни шакллантириш, Вект. алг., ebook while, OTOM, O`zbek tili leksikasining boyish manbalarj, Osiyo. Hakamlik U-18, 21-mavzu adabiyot, YENGIL ATLETIKA TO\'GARAGI KONSPEKTI(1)
71
Tosh – qattiq, mustahkam va 
nisbatan og‘ir tog‘ jinsi. Uning 
yemirilishi qiyin kechadi.
Tuproq – yer yuzasining ustki 
qatlami. U suv va shamol 
ta’sirida o‘zgaradi.
Qum – quruq, mayda zarralardan 
iborat tog‘ jinsi bo‘lib, suvni tez 
shimib oladi. Qum shamol ta’sirida 
tez o‘zgaradi.
1. Tog‘ jinslarining yemirilishiga nimalar ta’sir qiladi?
2. Yashash joyingizda suv ta’sirida yemirilish hodisasini amalda sinab ko‘ring.


72
28-MAVZU
FOYDALI QAZILMALAR
Kalit so‘zlar:
kon, ruda, shaxta, 
karyer, oltin, tabiiy gaz, 
osh tuzi
1. Foydali qazilmalar deganda nimani 
tushunasiz? 
2. Nega bu qazilmalarni foydali 
deymiz?
Yer osti va yuzasida marmar, ko‘mir, oltin, olmos, kumush, tabiiy
gaz, neft kabi tabiiy boyliklar mavjud. Inson ularni qazib olib, foy-
dalanadi. Shu sababdan bunday boyliklarni 
foydali qazilmalar deb 
ataymiz.
Bir yoki bir nechta foydali qazilmalar to‘plangan joy 
kon deb ataladi.
Asadbekning dadasi konda ishlaydi. U foydali qazilmalarni qidirib 
topish va qazib olish bilan shug‘ullanadi. Uning kasbi – 
geolog
Asadbek ham bu kasbga juda qiziqadi. Kelajakda u ham xuddi dadasi 
kabi geolog bo‘lmoqchi.
Rasmlarda nimalar tasvirlangan?
Ular qanday qazib olinadi yoki tayyorlanadi?


73
Foydali qazilmani ochiq usulda qazib olish 
karyer usuli deb ataladi. Karyer usulida 
foydali qazilmani qazib olish natijasida 
juda katta o‘ra hosil bo‘ladi.
Foydali qazilmani yopiq usulda qazib olish esa 
shaxta 
usuli deb ataladi. Shaxta usulida foydali qazilmalar yer 
ostidan maxsus moslama va vagonlar yordamida yer 
yuzasiga olib chiqiladi.
1. Bino va inshootlarni bezashda qaysi qazilmalardan foydalanish mumkin? 
2. Marmar haqida nimalarni bilasiz?
Foydali qazilmalar qanday qazib olinadi?
Foydali qazilmalar ikki xil: ochiq va yopiq usulda qazib 
olinadi. 



Download 36,7 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish