Shartli belgilar




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/57
Sana03.01.2024
Hajmi36,7 Mb.
#129745
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
tabiiy fanlar 3 uzb 2022-

74
29-MAVZU
FOYDALI QAZILMALAR QANDAY HOSIL BO‘LADI?
Kalit so‘zlar:
foydali qazilmalar, 
shaxta, qo‘ng‘ir ko‘mir, 
toshko‘mir, tabiiy gaz,
osh tuzi
1. Yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan 
qanday foydali qazilmalarni bilasiz?
2. Sizningcha, ko‘mir, tabiiy gaz va 
har xil tuzlar qanday hosil bo‘ladi?
Yer yuzidagi tog‘ jinslari turli omillar ta’sirida yemirilib, maydalanib, 
chuqurliklarda to‘planadi. Okean va dengizlarda ham turli xil tog‘
jinslari suv ostiga cho‘kadi. Natijada 
cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. 
Ularning aksariyati tirik organizmlar (o‘simliklar, hayvonlar), ularning 
qoldiqlari parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan. 
Qadimda qalin o‘rmonlardagi daraxtlar bir-birining ustiga qulab,
vaqt o‘tishi bilan chirigan. Ular ko‘pligidan chirindi qatlamlar hosil 
bo‘lgan. Chirindi qatlamlar vaqt o‘tishi bilan ko‘milib ketgan va 
million yillar davomida ko‘mirga aylangan.
o‘simlik chirindi (torf) qo‘ng‘ir ko‘mir toshko‘mir
Ko‘p yillar davomida okean, dengiz va 
ko‘llarning tubida ixtiozavr, kit, kashalot, baliqlar, 
turli suvo‘tlarning qoldiqlari yig‘ilib borgan. 
Ularning usti loyqa qatlam bilan ko‘milgan. 
Bir necha million yillardan so‘ng ana shunday 
chirindi qatlamlar neftga aylangan.


75
Quruqlik va dengizdan neft 
qazib olish
Ba’zi dengiz va okeanlarning suvi chekinib, o‘rnida quruqlik 
hosil bo‘lgan. Shu sababdan neft konlari Yer sharining quruqlik
qismida ham, suvli qismida ham uchraydi.
Ko‘pincha, neft bor joyda tabiiy gaz ham bo‘ladi. Suyuq
holatdagi neft bug‘lanib, yerosti yoriqlarida yig‘ilib, tabiiy gaz hosil 
bo‘lgan.
Iste’molga yaroqli bo‘lgan suv tarkibidagi tuzlar osh tuzi deb
ataladi. Uzoq vaqt davomida dengiz suvlari bug‘lanib, tubida 
tuz yig‘ilgan. Ba’zi dengiz va ko‘llarning suvi butunlay qurib, o‘rnida 
tuz konlari paydo bo‘lgan.
1. Kundalik hayotda ko‘mirdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
2. Osh tuzining inson salomatligiga ta’siri qanday?



Download 36,7 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish