94
37-MAVZU
YER VA OY ORBITALARI
Kalit so‘zlar:
Yer, Oy, orbita
1. Yer
va Oy bir-biridan nimasi
bilan farq qiladi?
2. Oyni kuzatganingizda nimalarni
ko‘rgansiz?
Yer – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra uchinchi sayyora. Yer yuzining
71 foizini okean va dengizlar, 29 foizini quruqlik egallagan.
Yer o‘z o‘qi va Quyosh atrofida doimiy harakat qiladi.
Yerning
Quyosh atrofida harakatlanish yo‘li Yer orbitasi deb ataladi.
Uning uzunligi 934 million kilometrni tashkil etadi. Yer bu masofani
365 sutka 6 soat davomida bosib o‘tadi.
Yerdan Quyoshgacha
bo‘lgan masofani bosib o‘tish uchun eng tezkor avtomobil ham
to‘xtamasdan 160 yil yurishiga to‘g‘ri keladi.
95
Oy – Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. Oyning Yer atrofidagi harakat
yo‘li Oy orbitasi deb ataladi.
Oy Yer atrofini 27 sutkada bir marta aylanib chiqadi.
1. Yer orbitasining modelini yasang.
2. O‘z orbitasi bo‘ylab harakatlanish uchun Yer va Oydan qaysisi ko‘proq
vaqt sarflaydi?
Yog‘och tayoq
2 metrli lenta
Pufak
1. Pufakni shishiring
va uchini lenta bilan
bog‘lang.
2. Lentaning ikkinchi uchini yog‘och tayoqqa
bog‘lang.
3. Tayoqni bo‘yingizdan baland ko‘taring va
aylantiring.
4. Xulosa qiling.
Bizga kerak
Bajarish
tartibi