Shartli belgilar




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/57
Sana03.01.2024
Hajmi36,7 Mb.
#129745
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Bog'liq
tabiiy fanlar 3 uzb 2022-

Quyosh sistemasini hosil qiladi. Quyosh atrofida
8 ta sayyora – Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, 
Neptun, ularning yo‘ldoshlari va boshqa osmon jismlari aylanadi.
Quyosh sistemasining markazida 
Quyosh joylashgan. U barcha 
sayyoralarni o‘ziga tortib turadi. Sayyoralar bir-biridan katta-kichikligi, 
xususiyatlari va tabiatiga ko‘ra farq qiladi.
Merkuriy – Quyoshga eng yaqin sayyora. U Oydan biroz katta. 
Merkuriyda havo qatlami deyarli yo‘q.
Venera – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra ikkinchi sayyora. U Yerdan 
biroz kichikroq, atrofi qalin va zich havo qobig‘i bilan o‘ralgan. U Yerga 
yorug‘ yulduzga o‘xshab ko‘rinadi. Shu sababli xalqimiz Venerani 
“Zuhro yulduzi” deb ataydi.
98


99
Saturn – atrofida ulkan halqasi bor sayyora. 
Kattaligiga ko‘ra Yupiterdan keyin ikkinchi o‘rinda
turadi. U ham Quyoshdan kam issiqlik oladi, shu sababli 
yuzasi juda sovuq.
Uran – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra yettinchi sayyora. Uning 
massasi Yerning massasidan 14 marta og‘irroq.
Neptun – Quyoshdan eng uzoqda joylashgan sayyora. Uni o‘r-
ganish davom etmoqda.
1. Ko‘z bilan Quyosh sistemasidagi qaysi osmon jismlarini bevosita 
kuzatsa bo‘ladi?
2. Quyosh sistemasiga kiruvchi yana qanday osmon jismlarini bilasiz?
Yer – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra uchinchi sayyora.
U boshqa sayyoralardan hayot mavjudligi bilan farq qiladi.
Mars – Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha to‘rtinchi sayyora.
U Yerdan deyarli ikki marta kichik. Marsda kuchli bo‘ronlar 
tez-tez sodir bo‘lib turadi.
Yupiter – sayyoralarning eng kattasi hisoblanadi. 
U Yerdan deyarli 12 marta katta. Quyoshdan ancha 
olisda joylashgani sababli Yupiter yuzasida harorat 
145°C gacha sovuq bo‘ladi.



Download 36,7 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish