• 39-MAVZU QUYOSH SISTEMASI Kalit so‘zlar
  • Shartli belgilar




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/57
    Sana03.01.2024
    Hajmi36,7 Mb.
    #129745
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
    Bog'liq
    tabiiy fanlar 3 uzb 2022-

    96
    38-MAVZU
    YER VA OYNI TAQQOSLAYMIZ
    Kalit so‘zlar: 
    Yer, Oy, Quyosh,
    krater
    1. Oyni tasvirlab bering. U haqida 
    nimalarni bilasiz?
    2. Yer va Oyning qaysi biri kattaroq 
    deb o‘ylaysiz? Nima uchun?
    Yer – Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri. Uning yagona
    tabiiy yo‘ldoshi mavjud (Oy). 
    Yer yuzasini havo o‘rab turadi. Havo Yer sayyorasi uchun “ko‘rpa 
    (yopinchiq)” vazifasini bajaradi.
    Yer yuzasi notekis, unda baland tog‘lar va keng tekisliklar 
    mavjud. Ular Yerning ichki va tashqi kuchlari ta’sirida hosil bo‘lgan.
    Yerda suv mavjud. Bu esa sayyoramizda hayot shakllanishida 
    muhim ahamiyatga ega. Suv tiriklik, barcha tirik organizmlar uchun 
    hayot manbaidir.


    97
    Oy Yerdan to‘rt marta kichik, og‘irligi esa Yerning og‘irligidan
    81 marta kam.
    1. Nega Oy yuzasida kunduzi va tunda harorat turlicha bo‘ladi?
    2. Oy va Yerni taqqoslang. Ularning qanday o‘xshash va farqli jihatlari 
    bor?
    Oyda ham Yerdagi kabi tog‘lar va tekisliklar 
    bor. Lekin havo va suv yo‘q. Oy yuzasi havo 
    bilan qoplanmagani sababli, unga juda ko‘p 
    boshqa osmon jismlari kelib uriladi. Natijada 
    Oy yuzasida chuqurliklar – kraterlar hosil 
    bo‘lgan. Ulardan biri buyuk bobokalonimiz 
    Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi. 
    Oyda havo qobig‘i yo‘qligi sababli Quyosh nurlari 
    uni juda kuchli qizdiradi. Shu sababdan uning Quyoshga 
    qaragan sirtida harorat kunduzi 120°C gacha issiq, tunda esa
    170°C gacha sovuq bo‘ladi.
    Oyni o‘rganish uchun ko‘plab kosmik raketalar uchirilgan. 1969-yilda 
    esa ilk bor inson Oyga qadam qo‘ygan. Hozirgi kunda ham Oyni 
    o‘rganish davom ettirilmoqda.


    39-MAVZU
    QUYOSH SISTEMASI
    Kalit so‘zlar:
    Quyosh sistemasi, 
    Yer, sayyoralar
    1. Quyosh haqida nimalarni bilasiz?
    2. Quyosh sistemasini qanday tasav- 
    vur qilasiz?
    Quyosh, uning atrofida aylanuvchi sayyoralar va osmon jismlari 
    birgalikda 

    Download 36,7 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish