• Meteorologik stansiya
  • Shartli belgilar




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/57
    Sana03.01.2024
    Hajmi36,7 Mb.
    #129745
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
    Bog'liq
    tabiiy fanlar 3 uzb 2022-

    88
    35-MAVZU
    OB-HAVO O‘ZGARISHLARINI QANDAY
    KUZATISH MUMKIN?
    Kalit so‘zlar:
    ob-havo, havo harorati, 
    termometr, barometr, 
    shamol, flyuger
    1. Siz kundalik turmushda ob-havo 
    o‘zgarishlarini qanday kuzatasiz?
    2. Ob-havo o‘zgarishlarini kuzatish 
    insonlar uchun qanday ahamiyatga 
    ega?
    Insonlarning kundalik faoliyati ob-havo bilan chambarchas bog‘liq. 
    Kiyinishdan tortib ekin ekishgacha ob-havo o‘zgarishlariga mos 
    bo‘lishi kerak. Bu esa ob-havoni muntazam kuzatish va o‘rganishni 
    talab qiladi.
    Ob-havoni kuzatish va ilmiy o‘rganish doimiy va vaqtincha kuzatuv 
    joylarida amalga oshiriladi. Bunday kuzatuv joylariga meteorologik 
    stansiyalar va meteopostlarni misol qilish mumkin.
    Meteorologik stansiya – ob-havoni oʻrganish, 
    atmosferani ilmiy tadqiq qilish maqsadida 
    uzluksiz meteorologik kuzatishlar olib boradigan 
    muassasa. Unga maxsus asbob-uskunalar 
    joylashtirilgan bo‘ladi.


    89
    Nima uchun meteorologik stansiyalar 
    chekka hududlarda joylashtiriladi?
    Ob-havo o‘zgarishlarini kuzatish uchun 
    meteopostlar ham 
    tashkil etilgan. Ularning ko‘pchiligi aholi yashash joylaridan ancha 
    olisda, borish qiyin bo‘lgan tog‘li va cho‘l hududlarida joylashgan.
    Meteorologik stansiyalarda havo harorati maxsus 
    termometr, havo
    bosimi 
    barometr, shamol yo‘nalishi va kuchi flyuger asbobida
    o‘lchanib, natijalar qayd qilib boriladi.
    1. Nima uchun ob-havoni doimiy kuzatish zarur deb o‘ylaysiz?
    2. Ob-havo elementlarini o‘lchovchi yana qanday asboblarni bilasiz?
    Termometr Barometr Flyuger 


    90
    36-MAVZU
    LOYIHA ISHI

    Download 36,7 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish