Shartli belgilar




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/57
Sana03.01.2024
Hajmi36,7 Mb.
#129745
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
tabiiy fanlar 3 uzb 2022-

86
34-MAVZU
TABIATDA SUVNING AYLANISHI
Kalit so‘zlar:
ob-havo, bug‘lanish, 
bulut, shamol, yog‘in, 
daryo
1. Suvning qanday holatlarini bilasiz?
2. Ob-havo qanday bo‘lganda qor va 
do‘l yog‘adi?
Yerni o‘rab turgan havo qobig‘i – atmosfera okean va dengizlar
bilan ham, quruqlik bilan ham doimiy ta’sir va aloqada. Bu suvning 
Yer yuzi bo‘ylab harakatida ham namoyon bo‘ladi.
O‘lkamizda tog‘larga qishda qalin qor yog‘adi. Bahor kelishi 
bilan kunlar isib, qorlar eriy boshlaydi. Qor suvlari yig‘ilib kichik 
irmoqlarni, irmoqlar esa daryolarni hosil qiladi.
Bug‘lanish
Yog‘in
Okean
Yog‘in
Daryo
Shimilish
Yerosti suvlari
Yomg‘ir
Shamol
Bug‘lanish
Muzliklar
Qor


87
Bir martalik 
likopcha
Rangli 
qog‘ozlar
Qaychi
Yelim
Paxta
Sellofan
bo‘lagi
Qizil va ko‘k rangli 
flomasterlar
Bizga kerak
Bajarish tartibi
Qishda tog‘larga qalin qor yog‘adi. Bahor kelishi bilan kunlar
isib, qorlar eriy boshlaydi. Qor suvlari yig‘ilib kichik irmoqlarni, irmoqlar 
esa daryolarni hosil qiladi.
Yomg‘ir va yerosti suvlari yig‘ilib, daryolarga quyiladi. 
Ko‘pincha daryo suvi dengiz va okeanlarga quyiladi. Okean 
va dengiz suvlarining bir qismi bug‘lanib, osmonga ko‘tariladi. Suv 
bug‘lari osmonda bulutlarni hosil qiladi. 
Bulutlarning bir qismini shamol quruqlikka olib keladi. Bulutlardan 
qor va yomg‘irlar yog‘ib, daryolarni hosil qiladi. Daryo suvlari esa
yana okean va dengizlarga borib quyiladi. Bu 
suvning aylanma 
harakati deb ataladi.
Suvning tabiatdagi aylanma harakati hisobiga havodagi nam, 
daryo va ko‘llardagi suvlar tez-tez yangilanib turadi.
1. Suvning aylanma harakatiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
2. Suvning aylanma harakati bo‘lmasa, tabiatda qanday o‘zgarishlar 
bo‘ladi?
1. Qaychi bilan jigarrang qog‘ozdan tog‘ shaklini 
qirqib oling.
2. Sariq qog‘ozdan Quyosh shaklini qirqing.
3. Bir martalik likopchaning o‘ng tomoniga yelim 
bilan tog‘ shaklini yopishtiring.
4. Sellofan paket bo‘lagidan tog‘dan oqib 
tushadigan daryo shaklini yasang.
5. Sellofan paket yordamida likopchaning pastki 
chap qismida okean shaklini hosil qiling.
6. Likopchaning yuqori qismiga Quyosh shakli 
hamda paxtadan tayyorlangan bulutlarni 
yopishtiring.
7. Ko‘k rangli flomaster bilan bulut ostiga yomg‘ir 
tomchilarini chizing.
8. Qizil rangli flomaster bilan bug‘lanish belgisini 
chizing va likopchaning o‘rtasiga “Suvning 
aylanma harakati” deb yozing.



Download 36,7 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish