Shartli belgilar




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/57
Sana03.01.2024
Hajmi36,7 Mb.
#129745
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Bog'liq
tabiiy fanlar 3 uzb 2022-
e9f5007ef2458d73963c9dbf707c273d65f5324f, FALSAFA1, ozon va kislarod aralashmasi, Siroj, Кўзатувчилар 3 та, Математик тасавв шакллантир укув кулланма, Математик тасаввурларни шакллантириш, Вект. алг., ebook while, OTOM, O`zbek tili leksikasining boyish manbalarj, Osiyo. Hakamlik U-18, 21-mavzu adabiyot, YENGIL ATLETIKA TO\'GARAGI KONSPEKTI(1)
84
33-MAVZU
AMALIY MASHG‘ULOT
MAHALLIY BELGILAR ASOSIDA
OB-HAVO O‘ZGARISHI
Kalit so‘zlar:
ob-havo, quyoshning 
holati, o‘simliklar, 
hayvonlar, qushlar
1. Tabiatni kuzatish orqali ob-havoni 
oldindan aytish mumkinmi?
2. O‘simlik va hayvonlarda bo‘ladigan 
qanday o‘zgarishlar yog‘ingarchilikdan 
darak beradi? 
Maqsad: mahalliy belgilarga qarab ob-havoda bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni o‘rganish.
Ob-havo ma’lum bir hudud uchun xos bo‘lib, boshqa bir hududda 
aynan takrorlanmaydi. U tabiatning eng tez o‘zgaruvchan tarkibiy 
qismi sanaladi.
Ob-havoda bo‘ladigan o‘zgarishlarni mahalliy belgilarga qarab 
ham oldindan aniqlash mumkin.
Rasmdagi mushukning xatti-harakatlarini kuzating. Ular 
asosida ob-havodagi o‘zgarishlarni qanday bilish mumkin?
Rasmlarga qarab, mushukning holatlarini plastilin yordamida yasang 
va ularni tushuntiring.


85
Mahalliy belgilar:

Quyosh botishi oldidan chiqqan kamalak ertaga havo ochiq bo‘lishini 
bildiradi;

Tongda tuman tushishi kun davomida havo issiq va quruq bo‘lishidan 
darak;

Shafaqning binafsharang bo‘lishi – yomg‘ir, tillarang shafaq esa ochiq 
ob-havoning alomati;

Qoramtir to‘p-to‘p bulutlar yomg‘ir yog‘ishidan dalolat;

Mo‘ridan chiqayotgan tutun yuqoriga tik ko‘tarilishi yaxshi ob-havodan 
darak;

Mo‘ridan chiqayotgan tutunning yer bag‘irlab tarqalishi havo aynishini 
bildiradi;

Qushlarning yer yuzasidan ancha balandda uchishi havo ochiq 
bo‘lishini bildiradi;

Qushlarning yer bag‘irlab uchishi havoning aynishidan darak;

Yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda havoning iliq bo‘lishi, yomg‘ir yanada 
kuchayishini bildiradi va hokazo.
1. Hafta davomida ob-havoni mahalliy belgilar asosida kuzating va natijalarga 
tayanib, o‘zgarishlarni tahlil qiling.
2. O‘simlik va hayvonlarda bo‘ladigan qanday o‘zgarishlar yog‘ingarchilik dan 
darak beradi?
Quyidagi rasmga qarab ob-havodagi o‘zgarishlarni taxmin qiling.



Download 36,7 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Download 36,7 Mb.
Pdf ko'rish