108
43-MAVZU
TOVUSH VA UNI KUCHAYTIRISH
Kalit so‘zlar:
tovush,
kuchaytirgich,
tebranish, aks-sado
1. Qo‘ng‘iroq nima?
2. Undan qayerlarda foydalaniladi?
Tovush manbaiga yaqin bo‘lsangiz, tovush baland, manbadan
uzoqda bo‘lsangiz, tovush past eshitiladi.
Maktab va xonadonlardagi qo‘ng‘iroqlar baland
tovush chiqaradi. Havoning tebranishidan
tovush hosil bo‘ladi. Tovush manbaidan tarqa-
layotgan tovush havo orqali quloqlarga yetib
keladi va quloq pardasini tebratadi.
Natijada
odamlar va hayvonlar tovushlarni eshitadi.
Tez tibbiy yordam yoki o‘t o‘chirish mashinalari
yaqinlashganda va uzoqlashganda sirena
tovushi o‘zgarishini sezganmisiz?
109
1. Qayerlarda aks-sadoga duch kelish mumkin?
2. Tovushlarni kuchaytiradigan qanday musiqiy asboblarni bilasiz?
Aks-sado – bu jismlardan orqaga qaytib keladigan tovush. Ko‘rsha-
palaklar qorong‘ilikda tovush chiqarib, qaytgan aks-sado yordamida
to‘siqlarga urilmasdan uchadi. Kitlar
va delfinlar ham suv ostida
aks-sado yordamida o‘ljasini topadi, o‘zaro muloqot qiladi.
Futbol o‘yinlarida, yo‘l harakati qoidalari buzilganda nima uchun
hushtakdan foydaniladi?
Bayram va to‘ylarda karnay-surnay sadolari
uzoqdan ham eshitiladi. Bunga sabab karnay
va surnaylar
tovushni
kuchaytiradi.
Mashina bilan yo‘lovchi orasidagi masofa qisqa va uzoq
bo‘lganda tovush qanday eshitiladi?
110
Pufak – 1 ta
Kichik tirqishli
voronkalar – 2 ta
Skotch – 1 ta o‘ram (eni
1-2 cm)
Ingichka egiluvchan
plastik yoki rezina nay –
60 cm (1 ta)
Qaychi