113
Issiqlik elektr stansiyalarida gaz, ko‘mir
va neft kabi foydali qazilmalardan elektr
energiyasi ishlab chiqariladi.
Shamol elektr stansiyalari – shamol
ener
giyasini elektr energiyasiga aylantiradi.
Bunday qurilmalar yil davomida doimiy kuchli
shamol esadigan hududlarga o‘rnatiladi.
Quyosh panellari – o‘ziga tushgan yorug‘likni elektr energiyasiga
aylantiradi. Bunday qurilmalar yil davomida quyoshli kunlar eng
ko‘p bo‘ladigan hududlarga o‘rnatiladi.
Shamol va quyosh elektrostansiyalari zaharli tutunlarni chiqar-
maydi hamda atrof-muhitni ifloslantirmaydi.
Elektr energiyasi elektr stansiyalaridan iste’molchilarga elektr
simlari orqali uzatiladi.
1. Qaysi usulda elektr energiyasi olinganda atrof-muhit ifloslanmaydi?
2. Ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish nima uchun zarur?
114
46-MAVZU
AMALIY MASHG‘ULOT
ENERGIYANING BIR TURDAN BOSHQA
TURGA AYLANISHI
Kalit so‘zlar:
yorug‘lik energiyasi,
issiqlik energiyasi,
harakat energiyasi
Elektr bilan bog
‘
liq xavfsizlik qoidalari
haqida nimalarni bilasiz?
Rangli qog‘oz – 1 ta
Qaychi
Uzunligi 20 cm bo‘lgan
ingichka cho‘plar
Xavfsizlik texnikasi
belgisi
Dekorativ sham – 1 ta
Maqsad: energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishini o‘rganish.
1. Rangli qog
‘
ozdan 10 cm diametrli aylana qirqib
oling.
2. 1-rasmda tasvirlangandek, qog
‘
oz doira ichiga
uning markaziga tomon spiral chizing.
3. 2-rasmda tasvirlangandek, qaychi bilan spiral
chiziq bo
‘
ylab uzmasdan tasma qirqing.
4. Dekorativ shamni shisha stakanga joylashtiring
va uni yoqing.
5. Olovdan ehtiyot bo‘ling.
6. 3-rasmda tasvirlangandek, yog‘och cho
‘
pni
sham ichiga olovdan 1–2
cm uzoqlikda tik
holatda o
‘
rnating.
7. Spiral tasmani cho
‘
pning yuqori uchiga
4-rasmda tasvirlangandek joylang.
8. Spiral tasmaning aylanishini kuzating.
Bizga kerak
Bajarish
tartibi